"Kyoln" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
10 may 2023 16:16
Yangiliklar
"Kyoln" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
"Kyoln" va bosh murabbiy SHteffen Baumgart kelishuvni uzaytirishdi.
Yangi imzolangan hujjatlar 2025 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
51 yoshli murabbiy 2021 yil may oyida boshqaruvni qo'lga olgandi. O'tgan mavsumda "echkilar" murabbiy qo'l ostida Bundesligada 7-o'rinni egallashdi va Konferenciyalar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
"Kyoln" davom etayotgan mavsum 11-pog'onani band etib turibdi. 31-turdan keyin jamoa hisobida 38 ochko mavjud.
Fikrlar