So’nggi yangiliklar

23:13Гёкереш "Манчестер Юнайтед"га ўтадими? Рубен Аморим жавоб берди  0 23:09Европа лигаси. "Атлетик" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 22:50Сеск Фабрегас фаолиятидаги энг яхши мураббийи ким эканлигини айтди  0 22:11Габриэль Агбонлахор: "Ямал мени қўрқитмоқда"  2 21:57Ямалнинг ёшида Месси ва Роналдунинг статистикаси қандай эди?  9 21:35"Реал" Модрич ва Васкес билан шартномани узайтиради, аммо жуда қисқа муддатга  2 21:32Илёс Зейтуллаев "Ювентус"нинг ўрнига қаерга бориши мумкин бўлганини айтиб берди  5 21:15УЕФА ЕЧЛ ҳафта рамзий терма жаомасини эълон қилди  6 20:50Милитао жароҳатидан сўнг сафга қайтишга яқин  1 20:29Усмон Дембеле Goal талқинига кўра "Олтин тўп"га энг асосий номзод  5 20:05МЮ ва "Ювентус" бразилиялик хавбекка қизиқмоқда  0 19:40Зоммер: "Агар ақлли ўйнасак, "Барселона" билан ўйинда имконият бўлишини билардик"  2 19:14Яйпанда янги жамоа ташкил қилинди  27 18:48Ламин Ямаль: "Жавоб ўйинида боримизни берамиз"  12 18:22Хаби Алонсонинг ўрнини ким эгаллайди? "Байер" Фабрегас ва тен Ҳаг номзодларини кўриб чиқмоқда  7

KXDR futboli bilan qanchalik tanishsiz? Yangiliklar

KXDR futboli bilan qanchalik tanishsiz?

KXDR barcha sohalarda yopiq mamlakat hisoblanadi. Bu mamlakatga faqat Xitoy orqali uchib borish mumkin. Boshqa davlatlardan esa Koreya yarimorolining shimolidagi davlatga borishni xayolga keltirib ham bo'lmaydi.
Futbolda bu jamoa yanada sirliroq. Yaxshiyamki, xalqaro musobaqalar mavjud va o'sha uchrashuvlarda KXDRning imkoniyatini baholab borish mumkin. Terma jamoamizning ushbu yurt termasiga qarshi o'yini oldidan bu mamlakat futboli to'g'risida bazi malumotlarni keltirib o'tsak.
KXDR 2010 yilda jahon chempionatida ishtirok etdi. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi qita chempionatlarida yaxshi natijalarga erishib kelinmoqda.

Jumladan, 2014 yil har ikki yosh toifasida jamoalar finalga etib keldi, yoshlar chempionga aylanishdi. 23 yoshgacha terma jamoa esa Osiyo o'yinlari finalida Janubiy Koreyadan 120-daqiqada to'p o'tkazib yuborib, mag'lubiyatga uchradi. Demak, ushbu mamlakat bosh jamoasida yana o'sish kuzatilishi mumkin. CHunki olimpiya termasi futbolchilar 1-2 yilda asosiy jamoaga jalb etiladi. Bu mamlakat futbolda muvaffaqiyatlarga qay tariqa erishayotgani barchani hayron qoldirmoqda.

Mamlakatda ikki yirik musobaqa o'tkaziladi. Birinchisi chempionat bahslari bo'lib, undan quyida 2 va 3-ligalar ham faoliyat ko'rsatadi. Kubok turniri esa sentyabr-oktyabr oylarida bo'lib o'tadi. Klublar turli siyosiy sabablar tufayli OFK musobaqalarida ishtirok etishmaydi.
Oliy liga 2010 yilda tashkil etilgan. Ungacha ham yuqori liga ko'rinishida musobaqa mavjud bo'lgan.

U 1972 yildan boshlab o'tkazilib kelingan. Jamoalar soni 11tani tashkil etadi. 2 jamoa quyi ligaga tushib ketadi. Oxirgi mavsumda “Xvaebul” chempionga aylandi. Eng ko'p chempion jamoa “25 aprel” jamoasidir. Bu jamoa 14 bor chempionlikka sazovor bo'lgan. “Amrokgang” va “Xvaebul” ham mashhur klublardan sanaladi.

CHempionlar ro'yxati
25 aprel   (14 marta chempion bo'lgan) - 1985, 1986, 1987, 1988, 1990, 1992, 1993, 1994, 1995, 2002, 2003, 2010, 2011, 2013
Kigvancha  (5) - 1996, 1997, 1998, 1999, 2000
Pxenyan Siti   (5)  - 1991, 2004, 2005, 2007, 2009
Amrokgang   (3) - 2001, 2006, 2008
CHandongja   (1) - 1989

Milliy terma jamoa Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni yopiq sharoitda olib bordi. Ularning faqat Xitoydagi so'lim maskanlardan birida shug'ullangani haqida malumot bor. Kimlar bilan o'ynagani xususida malumot berilmagan. Tarkibni ham OFKning talab qilgan oxirgi kuni topshirishdi.

KXDR futbol associaciyasi 1945 yil tashkil topgan. Biroq uning rasmiy sayti yo'q. CHunki KXDRda internetdan foydalanish keng tarqalmagan. Mamlakatda xabarlarni tarqatuvchi birgina sayt hukumatga tegishli. Futbol associaciyasiga Ri Jong Mu rahbarlik qiladi. Mamlakatda haligacha eskicha tuzumga amal qilinadi. Masalan, Jon Tay Se Janubiy Koreyada o'ynayotgani sababli terma jamoaga jalb etilmadi. Vaholanki, u Yaponiyada voyaga etgan va KXDR termasi uchun o'ynashni vatanparvarligi yuzasidan ixtiyor etgandi.

Futbol bilan siyosat bir-biridan farqli bo'lmagan shunday holatlar bu davlatda uchrab turadi. Yoki omadsiz o'yinlardan keyin terma jamoa azolari majburiy ishlash joylariga jo'natiladi. Bu jazo sifatida ko'riladi. Har bir g'alaba esa alohida bir vazifani ado etishday ko'rilib, tegishli shaxslarga maxsus xabar yuboriladi. Yaqindagina Pxenyanda joylashgan 150 mingli stadion qaytadan tamirlanib, undagi sharoitlar jahon talablariga mos ravishda qilib qo'yildi. Buni KXDRda sportga bo'lgan etiborning ortayotgani bilan izohlasa bo'ladi.
KXDR termasining bizga qarshi maydonga tushadigan taxminiy tarkibi haqida fikr yuritadigan bo'lsak, taktik sxema 4-5-1 ko'rinishida bo'lishini taxmin qilish mumkin.

Koreyslar texnik tarafdan ustun emas, lekin buni yakkakurashlarda oxirigacha kurash va jamoaviy birdamlik evaziga engishga urinishadi. Oxirgi uchrashuvlarda bu jamoa qarshi hujumlarga tez o'tishga urinayotgani ko'zga tashlandi. Hujum chizig'ida SHveycariya chempionatida qatnashuvchi “Vaduc” klubida o'ynayotgan Pak Kvan Ryon himoyachilarimizga muammo tug'dirish imkoniyatiga ega. Ri Myon Guk, Jon Kvan Ik, CHa Jon Xyok, Pak Son CHol, Ryan Yong Gini KXDRning etakchi futbolchilari sifatida qayd etsa bo'ladi. O'zbekiston bilan bahsga raqib murabbiyi quyidagi tarkibni o'ynatishini taxmin qilamiz:

Darvozabon - Ri Myon Guk, himoyachilar - Jon Kvan Ik, CHa Jon Xyok, Jan Son Xyok, Ro Xak Su, yarim himoyachilar - Pak Son CHol, Ryan Yong Gi, Jon Il Gvan, Sim Xyon Jin, Ri Yong Jik, hujumchi - Pak Kvan Ryon.

Umid qilamizki, shanba kuni tush paytida boshlanadigan bellashuvda terma jamoamiz barchamizni g'alaba bilan xursand qiladi.


Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика