So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

KXDR bosh murabbiyi: "Osiyo Kubogida mo'ljal - chorak final" Yangiliklar

KXDR bosh murabbiyi: "Osiyo Kubogida mo'ljal - chorak final"

Teglar :  KXDR
O'zbekiston - KXDR uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi va futbolchisi ishtirok etdi.

"Ertaga Osiyo Kubogi-2019ga tayyorgarlik doirasidagi ilk uchrashuvni o'tkazamiz. So'nggi o'yinimizni mart oyida Gonkongga qarshi o'tkazgan edik. Bu bahs qita chempionati saralashi doirasida edi. Ertangi o'yinni yaxshi saviyada o'tkazishga harakat qilamiz", - deydi bosh murabbiy Kim Yong Jun. 

"Jamoamiz nomidan biz bir butun jamoa sifatida bor mahoratimizni ishga solamiz. Maydonda borimizni beramiz", - deydi Jong Il Gvan.  



- KXDR terma jamoasi yil davomida juda kam o'yin o'tkazadi. Bu Osiyo Kubogiga tayyorgarlikda qanchalik tasir qiladi? 

- Bu yil terma jamoamizga nomzod futbolchilarni chaqirib, klublaridan ayirib olishdan cho'chidik. Sababi mamlakatimiz klublari OFK kubogida ishtirok etdi. Yaqinda SHarqiy Osiyo kubogi bo'lib o'tadi. 

- O'zbekiston terma jamoasini qanchalik o'rganib chiqdingiz? 

- Albatta raqibni o'rganib chiqdik. Bu yurt terma jamoasi FIFA reytingida bizdan ancha yuqorida joylashgan. O'zbekistonga qarshi oxirgi ikki o'yinimizni JCH-2018 saralashi doirasida o'tkazgandik. O'z uyimizda g'alaba qozongandik, Toshkentda esa yutqazgandik. 

- Ertangi o'yinda siz uchun natija muhimmi? 

- Maydonda 90 daqiqada nima ro'y berishini aytish qiyin. Osiyo Kubogiga tayyorgarlikni g'alaba bilan boshlash albatta yoqimli bo'lardi. SHunga harakat qilamiz. 

- Terma jamoa potencialiga qarab KXDR Osiyo Kubogiga qanday maqsad uchun boradi deb ayta olasiz? 

- Osiyo Kubogida barcha kuchli terma jamoalari ishtirok etadi. CHorak finalga borish terma jamoamiz uchun qoniqarli natija bo'lardi deb o'ylayman. 



- SHimoliy Koreyalik futbolchilarning xorij klubida o'ynashi kamdan kam uchraydigan holat. Siz SHveycariya klubida o'ynaysiz. Bunga qanday erishdingiz? 

Jong Il Gvan: -  SHveycariyaga ko'chib o'tishimda bir qator sabablar bor. Ancha yillardan buyon turli yoshdagi terma jamoalarda o'ynab kelayapman. Milliy terma jamoada ham gollar urayapman. O'tgan yil dekabr oyida SHarqiy Osiyo Kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o'ynagandik. Finalda men xet-trik qayd etgandim. Menimcha aynan shundan keyin SHveycariya klubi menga qiziqib qolgandi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика