Kvalyarella Italiya terma jamoasi rekordini o'rnatdi
27 mar 2019 12:45
Yangiliklar


Kvalyarella Italiya terma jamoasi rekordini o'rnatdi
"Sampdoriya"ning 36 yoshli hujumchisi Fabio Kvalyarella Italiya terma jamoasi safida rekord o'rnatdi.
Italiyaliklar Evro-2020 saralash o'yinlari doirasida Lixtenshteynni qabul qildi 6:0 hisobida g'alabaga erishdi. Kvalyarella ushbu o'yinda 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
SHunday qilib, hujumchi Italiya terma jamoasi safida gol urgan eng keksa futbolchiga (36 yosh, 54 kun) aylandi.
Kvalyarella joriy mavsum A Seriyaning 27ta uchrashuvida 21ta gol urib, 7ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar