Kvalyarella Batistutaning rekordini takrorladi
27 jan 2019 10:00
Yangiliklar


Kvalyarella Batistutaning rekordini takrorladi
Italiya A seriyasining 21-turida “Sampdoriya” futbolchilari o'z maydonlarida “Udineze”ni (4:0) yirik hisobda mag'lub etishdi.
“Sampdoriya” hujumchisi Fabio Kvalyarella bellashuvda “dubl”ga erishib, jamoasining g'alabsiga munosib hissa qo'shdi.
Bu bilan 35 yoshli futbolchi A seriyada qatorasiga 11-uchrashuvda raqiblari darvozasiga gol urishning uddasidan chiqdi. Kvalyarella 1994/95 yilgi mavsumda argentinalik mashhur forvard Gabriel Batistutaning rekordini takrorladi.
Joriy mavsumda A seriyada Fabio 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 bor raqiblari darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqdi va beshta golga hammualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar