So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  2 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  5 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  5 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  7 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  9 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

O'zbekiston Kuvaytni yirik hisobda mag'lub etib, guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi Yangiliklar

O'zbekiston Kuvaytni yirik hisobda mag'lub etib, guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi

23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralashidan o'rin olgan 3-tur bahsi yakunlandi.

Kuvayt – O'zbekiston 1:5

Kuvayt: 22. Abdulrahmon Marzuq 3. Jasem Al Hamadi 4. Rashid Al Dosari 5. Otman Al SHemeri 6. Abdulaziz Mahran 8. Naser Jazaa 9. Favvaz Alembailesh 11. Eid Alrashidi (S) 14. Yusuf Al Haqan 18. Husayn Moxsen 21. Salmon Albuis

Zaxira: 1. Halid Al Fadli 2. Abdulloh 7. Yusuf Ar Rashidi 10. Muborak Al Faneni 12. Halid Al Fadli 16. Mahdi Dashti 17. Talal Al Qaysi 19. Bander Al Mutari 20. Fahad Al Fadli 23. Abdulrahmon Al Fadli.

O'zbekiston: 21.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Abubakr Rizo Turdaliev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojimat Erkinov, 10.Jasur Jaloliddinov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 13.Eldorbek Begimov, 17.Diyor Xolmatov, 20.Diyorbek Rahimqulov, 22.Alisher Odilov.

Zaxira: 1.SHukron Yuldashev, 12.Vladimir Nazarov, 3.Asliddin Toshtemirov, 6.Timur Mamasidiqov, 8.Davron Anvarov, 9.Ulug'bek Hoshimov, 14.Bektemir Abdumannonov, 15.Odilbek Abdumajidov, 16.Abbosbek Fayzullaev, 18.Sunnatilloh Hamidjonov, 19.Hamidxon Rustamxonov, 23.Abdurauf Bo'riev.


YANGILASH


Uchrashuv statistikasi

To'pni egallab turish: 29-71

Zarbalar: 4-21

Aniq zarbalar: 1-11

Hujumlar: 52-91

Xavfli hujumlar: 32-56

Burchak zarbalari: 0-7

Ogohlantirishlar: 4-3


UCHRASHUV YAKUNLANDI! O'ZBEKISTON YIRIK HISOBDA ZAFAR QUCHIB, O'Z GURUHIDA BIRINCHI O'RINNI EGALLADI.

90+5. GOOOOOOOLLLLLL!!! HOJIMAT ERKINOV hisobni aytib bo'lmaydigan ko'rinishga olib keldi. 

90+4. Jaloliddinov o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib bordi, himoyachilar uni zararsizlantirdi.

90+2. Fayzullaev hakam tomonidan ogohlantirildi.

90+1. Jaloliddinov maydonda xuddi diskotega kelgandek harakat qilmoqda.

90. UCHRASHUVGA 4 DAQIQA QO'SHIB BERILDI.

88. XAVFLI VAZIYAT! Endi O'zbekistonda juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Raqibdan ko'pchilik bo'lib oldinga tashlangan o'zbekistonliklarning hujumini Erkinov ko'kka sovurdi.

87. XAVFLI VAZIYAT! Himoyachilarning xatosi natijasida kuvaytlik futbolchi Abdunabiev bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo u darvozani ishg'ol qilolmadi.

84. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish: Abbosbek Fayzullaev va Abdurauf Bo'riev o'yinga qo'shildi, ular Diyorbek Rahimqulov hamda Diyor Xolmatovni, yani ikkita Diyorni almashtirdi.

82. ZARBA! Hoshimov dublga erishishi mumkin edi. O'ng qanotdan boshlangan hujum natijasida markazga uzatilgan to'pga Ulug'bek zarba berdi, vaziyat biroz noaniq ko'rinish oldi.

80. Kuvaytlik futbolchi maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

75. QO'SHALOQ ZARBA! Mirsaidovning xatosidan so'ng tezkor qarshi hujumga o'tgan kuvayillarning hujumi natijasida xavfli zarba berildi va to'p to'singa tegib qaytdi, qaytgan to'pga berilgan zarba yana to'singa tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. O'z uyinga to'sinlar ham yordam beradi deganlari shu bo'lsa kerak.  

74. Mirsaidovning zarbasi rekashetga uchradi va "oqlar" burchak zarbasi ishlab oldi.

73. O'zbekiston tarkibida o'zgarish: Otabek Jo'raqo'ziev o'rniga Davron Anvarov o'yinga qo'shildi.

69. Jaloliddinov bugun faqat ogohlantirilmagani qolgandi. Uniyam oldi.

68. GOL!!!!!! Ulug'bek Hoshimovning bu zarbasini Noyer ham qaytarolmasdi.

67. PENALTI! Jarima maydoni ichida Jaloliddinovga nisbatan qoida buzildi hamda hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi.

64. GOOOOOLLLLL!!! Abdulaziz Mahran hisobni qisqartirdi. Abdunabiev Kariusning o'yinlarini kamroq kuzatishi kerak. Mehribonchilik yaramaydi.

63. HOSHIMOV Tayyor narsani hazm qilolmadi. Jaloliddinov bugun istaganiday o'ynayapti. Xohlasa fint qilyapti, xohlasa boshqa narsa.

62. Kuvaytda o'zgarish: Talal Al Qaysi Favvaz Alembailesh o'rniga maydonga tushdi.

60. O'zbekistonda o'zgarish: Ulug'bek Hoshimov va Hamidxon Rustamxonov o'yinga qo'shildi.

58. Kuvaytda o'zgarish: Fahad Al Fadli Rashid Al Dosari o'rniga maydonga tushdi.

56. Yana o'ng qanotdan hujum tashkillashtirildi, Mirsaidovning uzatmasini Xolmatov chiroyli zarba bilan darvozaga joylab qo'ymoqchi edi, biroq u "qovun tushirdi".

54. XAVFLI VAZIYAT! Kombinacion hujum natijasida Mirsaidovning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi hamda darvozabonni ter to'kishga majbur etdi.

52. Begimov o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi.

51. GOOOOOLLLLL!!! Jasurning jarimadan yo'llagan darvozabonni shoshirib qo'ydi hamda mo'ljalga borib tushdi. Hisob yirik ko'rinishga keldi.

50. Jaloliddinovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Standart vaziyat yuzaga kelmoqda.

47. Jaloliddinovning zarbasi kuchli chiqmadi, aslida u uzatma amalga oshirgandi.

46. Kuvayt tarkibida o'zgarish: Muborak Al Faneni Salmon Albuis o'rniga uchrashuvga qo'shildi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI.

Birinchi bo'lim statistikasi

To'pni egallab turish: 28-72

Zarbalar: 0-8

Aniq zarbalar: 0-5

Hujumlar: 26-57

Xavfli hujumlar: 13-30

Burchak zarbalari: 0-2

Ogohlantirishlar: 1-0


Onlayn turnir jadvali quyidagicha ko'rinishga ega:

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

45+3. GOOOOOLLLLLL!!! Hojimat Erkinov!!! Ketma-ket hujumlar natijasida zarbalar berildi, kuvaytliklar qiynalib-qiynalib qaytarishdi, ammo Erkinovning so'nggi zarbasiga darvozabon ham, himoyachilar ham angrayib qolishdi.

Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Raqib jarima maydoni ichida Xolmatov yiqitildi, bahraynlik hakam esa bunga beparvolarcha munosabatda bo'ldi.

41. XAVFLI VAZIYAT! O'zbekiston hisobni yanada oshirishi mumkin edi. Tezkor qarshi hujum natijasida Odilov darvozaga zarba berdi, qaytgan to'pni esa himoyachi katta qiinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Alisher zarba bermasdan, ochiq turgan sherigiga to'p uzatishi mumkin edi, biroq u to'pni qizg'andi.

40. Kuvayt posboni xavfli ijro amalga oshirdi: u o'zbekistonlik futbolchini aldab o'tdi.

37. GOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Diyorbek Rahimqulov!!! Jaloliddinovning markazdan chiroyli o'zatmasini Rahmqulov bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

37. Abdulaziz Mahran hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich - 0:3

33. Hujum paytida Rahimqulov qoidani buzdi.

31. Mirsaidov pas aralash zarba yo'lladi. Darvozabon uni maydon tashqarisiga kuzatib qo'ydi.

28. Kuvayt jarima maydonida jamoa himoyachisining qo'liga to'p tegdi, biroq yaqin masofada bo'lgani bois penalti belgilanmadi.

27.  Maydon markazida Jo'raqo'zievni "chopishdi".

25. Jaloliddinov sheriklarini oldinga boshlagan holda uzoq masofaga uzutma oshirdi, ammo oldinda hech kim topilmadi.

23. ZARBA!!! Jaloliddinov markazdan oldinga borib, Messi uslubida zarba berdi, darvozabon to'pni egallab oldi.

22. Al SHemeriga nisbatan qoida buzildi.

20. Jaloliddinov maydonda yotibdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

17. O'zbekiston chap qanotdan hujum boshlagandi, ammo markazga uzatilgan to'pni raqib mudofaachilari olib qo'ydi.

15. Xolmatov raqibga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.

14. Kuvayt chap qanotdan hujum tashkil qildi, biroq yakuniy uzatma noaniq chiqdi.

12. O'zbekiston o'ng qanotdan yana hujum tashkillashtirdi, Odilovning say-harakatlari natijasida to'p Jo'raqo'zievga oshirilgandi, biroq himoyachilar xushyorlikni yo'qotmadi.

10. ZARBA!!! O'ng qanotdan bonshlangan hujum natijasida jarima maydoni tashqarisidan Jaloliddinov kuchli zarba yo'lladi, darvozabon mashg'ulotlarda yaxshi ishlaganini namoyish etdi.

8. Erkinovga nisbatan o'yin qoidasi buzildi.

7.  O'zbekistonlik futbolchilar yaxshi hujum tashkillashtirishi mumkin edi, biroq yarim himoyachi va hujumchi bir-birini tushunmadi.

3. Kuvayt chap qanotdan tezkor hujum tashkillashtirishga urinib ko'rdi, o'zbekistonlik himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

2. O'zbekitonlik futbolchilar dastlabki daqiqalardan to'pni nazorat qilayapti, kombinacion hujum natijasida Alisher Odilov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

1. UCHRASHUVNI KUVAYT FUTBOLCHILARI BOSHLAB BERISHDI.

Bugungi bahsda O'zbekiston terma jamoasi oq, kuvaytliklar esa ko'k rangli libosda maydonga chiqishadi.

Ushbu uchrashuv bilan parallel ravishda Saudiya Arabistoni – Bangladesh o'yini o'tkaziladi.

Kiyinish xonasi va jamoalar etib kelishidan eksklyuziv rasmlar


Ayni damda "D" guruhidagi vaziyat quyidagicha:

Assalomu alaykum, futbolsevar muxlislar! Bugun 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralashidan o'rin olgan Kuvayt – O'zbekiston uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика