So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  12 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Kutilmagan to'fon kabi Yangiliklar

Kutilmagan to'fon kabi

APL tarixidagi eng yorqin 11ta debyut: SHirerdan Slimaniga qadar

Jazoirlik Islom Slimani Lesterdagi ilk o'yinidayoq dubl qayd etib, tulkilarning ishonchli g'alabalariga katta hissa qo'shdi. Tabiiyki, u Angliya elit divizioniga to'fon kabi yopirilib kirgan birinchi futbolchi emas. Lekin Portugaliya chempionatida toblangan va JCH-2014da juda yaxshi taassurot qoldirgan Slimanining eng yorqin debyutantlardan biri ekanligi aniq.

Alan SHirer - 1988 yil

Blekbern-Arsenal - 4:2


Alan SHirer Angliya futbolining hozirgi tilla bolasi - Markus Rashford dunyoga kelishidan 10 yil oldin ilk marta katta sahnaga chiqqandi. U xuddi o'tgan mavsum MYUda qahramon darajasiga ko'tarilgan yigitcha usulida APL osmonini o'z yog'dusi bilan nurafshon qilgandi. Etibor bering, Sautgempton libosida maydonga tushgan hujumchi 18 yoshga ham to'lgan emasdi, ammo ilk o'yinidayoq Arsenal darvozasiga naq 3ta gol urishdan xijolat tortmagan. Ha, buyuk SHirerning buyuk goleadorlik seriyasi o'ta yorqin boshlangan va Blekbern hamda Nyukaslda shunday davom etgan.

Yurgen KLINSMANN - 1994 yil

Tottenxem-SHeffild Uensdey - 4:3


Yurgen Klinsmann Angliyaga o'tkir simulyaciyachi maqomida ko'chib o'tgan bo'lsada, birinchi o'yinidayoq chinakam jangchi va mohir to'purar sifatida namoyon bo'ldi. Nemis futbolchisi SHeffild Uensdeyga qarshi bahsning 82-daqiqasida Tottenxemga qalaba keltirgan 4-golni urgach, uni antiqa usulda nishonlagandi. Yani burchak bayroqchasi tomon yugurib borib, qulash sahnasini namoyish etgan - u bu xatti-harakati bilan tanqidchilar ustidan kulgandi.

Fabricio RAVANELLI - 1996 yil

Midlsbro-Liverpul - 3:3


- Agar biz g'alaba qozonsak, u fantastik yigitdek ko'rinardi. Aksincha, mabodo yutqazsak, barchadan bir musht kabi birlashish talab etilardi. CHunki uning qiyofasiyoq kuchli dahshat uyg'otardi, - degandi Midlsbro prezidenti Stiv Gibson jamoa safiga 1996 yili qo'shilgan Ravanelli haqida. Boro APLdagi ilk mavsum yakunida quyi ligaga tushib ketadi va ko'pchilik bu omadsizlikda italiyalik oqsoch hujumchini ham ayblaydi: Fabricio jamoa uchun jon kuydirmadi, yani aksariyat o'yinlarda ishtiyoqsiz to'p surdi.  Lekin uning debyuti o'ta yorqin chiqqandi. Axir birinchi o'yinda Liverpul darvozasini 3 bora ishg'ol qilish hazilakam ish emas.

Robbi KIN - 1999 yil

Koventri Siti-Derbi Kaunti - 2:0

Kinning faoliyati turli-tuman debyutlarga boy, lekin uning aynan Koventri safidagi birinchi o'yini alohida etirofga munosib. Gap shundaki, 19 yoshli irland uchun o'sha vaqt o'lchovi bo'yicha juda ko'p pul to'lashgandi - 6 mln. funt. Robbi esa kuchli bosimga parvo qilmay, APLdagi debyutini dubl bilan bezagandi.

Ruud van NISTELROY - 2001 yil

Manchester Yunayted-Fulxem - 3:2

Ko'plab muxlislar Ruud van Nistelroyning transferiga salbiy munosabat bildirishgandi. Darhaqiqat, jarohatlangan hujumchiga 19 mln. funt to'langani shubhalanish uchun asos edi. Biroq gollandiyalik novcha yigit salbiy qarashlarni tezda ijobiysiga aylantirib yuboradi. U avvaliga Komyuniti SHayld kubogi doirasida mankunianlarning azaliy dushmanlari - Liverpul darvozasiga yo'l topadi, APLdagi debyutida esa (Fulxemga qarshi uchrashuvda) o'z nomiga dublni rasmiylashtiradi.

Federiko MAKEDA - 2009 yil

Manchester Yunayted-Aston Villa - 3:2


Debyut uchun bundan yorqinroq manzarani o'ylash ham qiyin. Makeda Angliyadagi faoliyati avvalida Yunaytedning o'rinbosarlar jamoasida etakchilik qildi, 17 yoshga to'lgan kuni esa professional shartnoma ostiga imzo chekdi. Yigitcha atigi 17 yoshda va bunga ishonish ham mushkul. O'ylashimcha, uning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini tekshirib ko'rish kerak, chunki bir qarashda, 27 yoshga to'lgandek tasavvur uyg'otadi, - degandi Aleks Fergyuson hazillashib. Aston Villaga qarshi o'yinda qizil iblislarni faqat g'alaba qoniqtirardi - ular 3 ochko olgan taqdirdagina chempionlik uchun kurashni davom ettirishardi. Biroq o'yinning 60 daqiqasi ortda qolgan bir paytda MYU 1:2 hisobida yutqazayotgandi. Ser Aleks shunday qaltis vaziyatda tavakkalga qo'l urib, yosh italyanni jangga tashladi. Tavakkalning samarasi - g'alaba. Avvaliga, 80-daqiqada Krishtianu Ronaldu muvozanatni tikladi, qo'shimcha vaqt o'tib borayotgan pallalarda esa, aynan Makeda jarima maydoni ichida raqib himoyachisini aldab, darvozani o'qqa tutdi. Afsuski, Federiko hozircha top-forvard darajasiga ko'tarilgani yo'q va ko'tarilolmasa ham kerak. Zero, hozirda kamtarin Nottingem Forestda to'p surmoqda.

Serxio AGUERO - 2011 yil

Manchester Siti-Suonsi - 4:0


Ehtimolki, bu Manchester Sitining butun tarixidagi eng yaxshi transferdir. Ha, 2011 yili 38 mln. funt juda-juda katta mablag' hisoblanardi. Ayni payt Serxio transferining bahosi bundan kamida ikki baravar baland bo'lsa kerak. Muhimi, argentinalik hujumchi moviy rangli libosni egniga olganidan buyon shaharliklarga sezilarli naf keltiryapti. Yani ilk o'yinidanoq effekt bera boshlagandi. Kun laqabli yigit aslida o'sha debyut o'yinida zaxiradan maydonga tushdi. Aniqroq aytsak, Suonsi bilan uchrashuvning yarim soati tugagan payt safga qo'shilgan Serxio atigi 10 daqiqadan so'ng debyut golini nishonladi, keyin David Silvaga zargarona to'p oshirish orqali assistent bo'ldi, yakunda esa dubl qayd qilib, Ittihod Stedium tribunalari mehrini qozona boshladi.

Diego KOSTA - 2014 yil

Bernli-CHelsi - 1:3

Kostaga inson sifatida turlicha qarash mumkindir, ammo fakt shuki, u ekstra saviyali hujumchi hisoblanadi - bunga sira shubha yo'q. Diego gol urishga nechog'li chanqoq ekanligini APL doirasidagi ilk o'yinining ilk daqiqalaridayoq ko'rsata boshladi. Braziliyalik ispan Bernli vakili Skott Erfildning goliga 3 daqiqadan so'ng jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan betakror zarbasi bilan javob berdi. Keyingi o'yinlarda esa yana 19ta golga mualliflik qilib, ko'klar hujum chizig'idan mustahkam joy oldi.

Pedro RODRIGES - 2015 yil

CHelsi-Vest Bromvich - 3:2


Pedro ayni payt zaxira o'rindig'ida, ammo uning Angliyadagi debyuti CHelsida yangi etakchi paydo bo'lganiga nishona bergandi. Ilk 20 daqiqa ichida gol va tanaffusgacha samarali to'p uzatish. Ha, ispan yigiti katta taassurot uyg'otdi, biroq keyinchalik yorqin yurishini davom ettirolmadi.

Markus RASHFORD - 2016 yil

Manchester Yunayted-Arsenal - 3:2


Rashford yoshlar tarkibidan to'g'ri katta futbolga kirib keldi. Debyut o'yini EL bahsiga to'g'ri kelgan yigitcha Midtyulland darvozasini 2 bora ishg'ol qildi. SHundan bir necha kun o'tib, Arsenalga qarshi bahsda yana dublga erishdi va bu safar bitta samarali pas muallifiga ham aylandi. Markus Manchester  Yunayted ixtiyoridagi qimmatbaho hujumchilar davrasida futbolda hammasini pul hal qilmasligini isbotlashga urinmoqda, bir qarashda

Islom SLIMANI - 2016 yil

Lester-Bernli - 3:0


Buyuklar qatorida zikr etilmaydigan 28 yoshli hujumchi uchun 30 mln. evro. Lesterning selekciya xizmatiga savollar bor edi, biroq jazoirlik futbolchi ularga o'rin qoldirmaydigan ko'rinadi. Tulkilar safidagi debyut bahsidayoq dublga erishgani uning yangi darajaga chiqish ilinjida ekanligi va bunga jiddiy bel bog'laganidan nishona bo'lsa, ajabmas.

A. ISROILXONOV tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика