So’nggi yangiliklar

19:27АПЛ. Шеркининг 83-дақиқада урган голи "Ман Сити"га меҳмонда "Ноттингем Форест" устидан ғалабани тақдим этди, "шаҳарликлар" турнир жадвалида биринчи ўринга чиқиб олишди  12 19:02"Ал Насср" — "Ал Оҳдуд". Таркиблар маълум  0 19:00"Арсенал" — "Брайтон". Таркиблар маълум  0 18:21“Барселона” “Манчестер Сити” марказий ҳимоячисига кўз тикди  0 17:59Расман: “Нефтчи” Баҳодирхонов, Шокиров ва Жумаевни ўз сафига қўшиб олди  6 17:29Ўзбекистон U-20 терма жамоаси январда Туркияда йиғин ўтказади, таркиб ҳам маълум  5 17:13"Наполи" "Реал" ҳужумчисини нишонга олди  1 16:42Расман: "Нефтчи" Ғиёсов, Пўлатов ва Соҳибжоновни ўз сафига қўшиб олди  9 15:26Расман: Ўтган мавсум "Динамо"да ўйнаган Ратиньо "Нефтчи"га ўтди  10 14:38Винисиус шартномани узайтирмаса, "Реал" Витиньяни сотиб олиши мумкин. Бразилиялик футболчи учун 100 млн евро талаб қилинади, пул эса ПСЖ хавбекига сарфланади  2 14:15"Манчестер Юнайтед" 45 ой (!) ўтиб ғалаба қозонди...  3 13:47"Манчестер Юнайтед" А Сериядаги ярим ҳимоячи билан шартнома имзолаши мумкин  1 13:11Левандовски "Барселона" билан шартнома ҳақида: "Ҳали қарор қабул қилиш учун вақтим бор. Қаерда ўйнашни ва қайси йўналишда ҳаракат қилишни билмайман, лекин босим йўқ"  0 12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5 Yangiliklar

Kutilmagan natijalar xit-paradi TOP-5

Evropa milliy chempionatilaridagi etiborga molik sensacion natijalar bilan tanishtirib o'tamiz.


5-o'rin.

APL, 5-tur. Turnir jadvali

Everton – CHelsi 3:1 (2:1, 1:0)

12 sentyabr, 16.45, Gudison Park

Gollar: 1:0 – 17 Neysmit, 2:0 – 22 Neysmit, 2:1 – 36 Matich, 3:1 – 82 Neysmit.

Everton – Xovard, Koulmen (Funes Mori, 77), Stounz, Djagelka, Gellouey, Makkarti, Berri, Beshich (Neysmit, 9), Barkli, Kone (Lennon, 72), Lukaku.

CHelsi –Begovich, Ivanovich, Zuma, Terri, Aspilikueta, Obi Mikel (Kenedi, 55), Matich, Pedro (Falkao, 70), Fabregas (Villian, 74), Azar, Diego Kosta.

Ogohlantirishlar: Gellouey (65), Stounz (87), Aspilikueta (88), Diego Kosta (90).


O'tgan turda bo'lgani kabi yana Londonning "CHelsi" jamoasi sensacion tarzda mag'lubiyatga uchradi. Bu safar Joze Mourino jamoasi Roberto Martines boshchiligidagi "Everton"ga imkoniyatni boy berdi.

"CHelsi" ushbu mavsumda hozirgacha 5 uchrashuvda 4 ochko jamg'arib, ko'rsatayotgan o'yiniga mos ravishda 17-pog'onada bormoqda.

Ha aytgancha, keyingi turda mabodo "CHelsi" ochko yo'qotadigan bo'lsa, endi sensaciya sifatida qayd etmaymiz. Pastki o'rindagi jamoalarning ochko yo'qotishi odatda sensaciyalar safiga kiritilmaydi. Aksincha, Joze Mourino jamoasining g'alabasi endilikda sensaciyaga teng ko'riladi shekilli.


4-o'rin.

Bundesliga, 4-tur. Turnir jadvali

Bayer – Darmshtadt 0:1

Gol: 0:1 – 8 Sulu.

Bayer – Leno, Papadopulos, Xilbert, Ta, Vendell, Belarabi, Brandt (Mexmedi, 74), Kramer (Kampl, 58), Bender, CHalxanoglu (Ernandes, 58), Kissling.

Darmshtadt –Mateniya, Xolland, Sulu, Garich, Kaldirola, Xeller, Raush (Kempe, 76), Nimayer, Gondorf, Rozental (Zayler, 85), SHtro-Engel (Vagner, 66).

Ogohlantirishlar: Papadopulos (35), Vendell (41), Mateniya (68), Belarabi (90).


CHempionatni ko'tarinki ruhda boshlagan "Bayer" jamoasi o'tgan turda "Bavariya"dan mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. Biroq hech kim "Bayer" o'z maydonida bundesliga debyutanti "Darmshtadt"ga yutqazib qo'yishini kutmaganligi aniq. O'tgan haftaning eng kutilmagan natijalaridan biri sifatida aynan ushbu bellashuvni aytsak mubolag'a bo'lmaydi. "Bayer" safida debyutini amalga oshirgan CHicharito ham jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qola olmadi.


3-o'rin.

Franciya chempionati, 5-tur. Turnir jadvali

PSJ – Bordo 2:2 

Park de Prens 

Gollar
: 1:0 – 27 Kavani, 1:1 – 31 Seve, 2:1 – 34 Kavani, 2:2 – 79 Xazri. 

PSJ 
– Trapp, Markinos, Maksvell (Kurzava, 67), Ore, Tiago Silva, Matyuidi (Rabo, 75), Motta, Lukas (Lavessi, 72), Verratti, Di Mariya, Kavani.

Bordo 
– Karrasso, Pablo, Pundje, Gilber, Pallua, Xazri (Kontento, 86), Biyogo-Poko, Moris-Bele, Traore (Gayich, 46), Seve, Krivelli (Jyussi, 76).

Ogohlantirishlar
: Seve (32), Ore (56), Biyogo-Poko (71).

CHetlatish
: Seve (77).


Franciya chempionatida peshqadamlikni saqlab kelayotgan PSJ jamoasi ushbu mavsumni o'zining ilk ochkosini yo'qotishga majbur bo'ldi. O'z maydonida kechgan o'yinda mezbonlarga "Bordo" qarshiligini engish nasib etmadi. Bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay "Bordo" iroda ko'rsatib hisobni tenglashtirdi va Parijdan bir ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi. Edison Kavaning dubli ham PSJning g'alabasiga etarli bo'lmadi. 


2-o'rin.

Ispaniya chempionati, 3-tur. Turnir jadvali

Selta – Las-Palmas 3:3 (2:1, 1:2)

Balaydos 

Gollar
: 1:0 – 13, penalti Orelyana, 2:0 – 18 Vass, 2:1 – 23 Arauxo, 3:1 – 48 Nolito, 3:2 – 61 Arauxo, 3:3 – 74 Simon. 

Selta
 – Alvares, Kabral, Kastro, Malo (Bongonda, 84), Fontas, Ernandes (Gvidetti, 66), Vass, Orelyana, Fernandes, Nolito, Aspas.

Las-Palmas
 – Varas, Bigas, Alkaras, Simon, Kulio, Kastelyano, Santana, Mesa (Artiles, 57), Viera (Mubarak, 86), da Silva (Lisoain, 13), Arauxo.

Ogohlantirishlar
: Alkaras (57), Artiles (90), Arauxo (90).

CHetlatish: Varas (11).


Ispaniya chempionatining 3-turida "Selta" debyutant "Las-Palmas" jamoasi bilan o'zaro kuch sinashdi. Yo'qotishlarsiz ketayotgan "Selta" kutilmaganda "Las-Palmas" qarshiligini enga olmadi. Dramatik kechgan bahsda mehmonlar yuksak iroda ko'rsatishdi va safardan bir ochko olib qaytishdi. SHuni alohida aytib o'tish joizki, "Las-Palmas" jamoasi uchrashuvning katta qismini bir kishi kam bo'lib o'tkazdi. 


1-o'rin.

Italiya chempionati, 3-tur. Turnir jadvali

Yuventus – Kevo 1:1 

Yuventus Stedium 

Gollar
: 0:1 – 5 Xetemay, 1:1 – 83, penalti Dibala. 

Yuventus 
– Buffon, Bonuchchi, Kaseres, Aleks Sandro, Bardzali, Sturaro (Kuadrado, 65), Pereyra, Ernanes, Markizio (Pogba, 46), Morata (Mandjukich, 73), Dibala.

Kevo 
– Bizarri, Gamberini (Daynelli, 58), Gobbi, Frey, Cesar, Birsa (Pepe, 73), Rigoni, Xetemay, Kastro, Medjorini (Pinci, 66), Paloski.

Ogohlantirishlar
: Kastro (21), Ernanes (36), Aleks Sandro (49), Birsa (50), Cesar (78), Pepe (81), Kuadrado (90), Bizarri (90).


Italiyaning amaldagi chempioni "Yuventus" klubi mana uch turdirki hali ham g'alaba nashidasini surgani yo'q. Ikkita turni mag'lubiyat bilan boshlagan Allegri shogirdlaridan ko'pchilik 3-turda g'alaba kutgani tabiiy. Biroq "Yuventus" o'z maydonida "Kevo"ga qarshi uchrashuvda chempionat peshqadamlaridan biri bo'lib turgan jamoadan uch ochko olishni uddalay olmadi. Bellashuvning so'nggi daqiqalarida belgilangan penaltidan Dibala unumli foydalandi va jamoasiga ushbu mavsumdagi dastlabki ochkoni olib berdi. Bu o'yinda "Kevo" ikki ochko yo'qotdi desak ham mubolag'a bo'lmaydi.  Xit-paradimizni kutilmaganda ochko yo'qotgan "Kevo" va "Yuventus" jamoalari o'rtasidagi bahs yopib beradi.

 

SHahboz Beg'amov tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика