Kutilgan va kutilmagan xabar! "Spartak" Karrerani iste'foga chiqardi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2018, 13:11
"Spartak" bosh murabbiyi Massimo Karrera o'z vazifasini tark etdi.

"Spartak" direktorlar kengashi Massimo Karrerani egallab turgan lavozimidan ozod etishga qaror qildi.

Klub Massimoga jamoadagi mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi. Italiyalik uzoq kutilgan chempionlikni olib berib, o'z ismini qizil-oqlar tarixiga oltin harflar bilan yozib qo'ydi.

Ammo so'nggi mavsum natijalari qoniqarsiz deb hisoblandi: Klub oldiga qo'yilgan hech bir vazifa bajarilmadi. Jamoaning joriy mavsumdagi natijalari esa o'sishdan darak bermayapti.

"Spartak" klubi Karreraga kelajakdagi faoliyatida omad tilaydi.

Vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini Raul Riancho bajaradi" - deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, "Spartak" 21 oktyabr kuni "Arsenal" (Tula)ga qarshi o'tkazilgan Rossiya Premer-ligasining 11-turida 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: spartak.com