Kurtua so'nggi besh yil ichida CHLda golli pas bergan birinchi darvozabonga aylandi
13 sen 2017 16:41
Yangiliklar


Kurtua so'nggi besh yil ichida CHLda golli pas bergan birinchi darvozabonga aylandi
"CHelsi" darvozaboni Tibo Kurtua "Karabax"ga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida golli pas berdi.
30-daqiqada belgiyalik futbolchi himoyachisi Davide Zappakostaga to'pni uzatadi, u esa Ozarbayjon klubiga ikkinchi golni uradi.
SHunday qilib, Kurtua 2012 yildan so'ng CHempionlar ligasida golli pas bergan birinchi darvozabonga aylandi. Oldinroq, bu ishni "Seltik" posboni Freyzer Forster "Barselona"ga qarshi bahsda amalga oshirgan.
"CHelsi" "Karabax"ni 6:0 hisobida taslim etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar