Kurtua: "Siti"ga qarshi juda og'ir o'yin bo'ladi"
26 apr 2022 19:27
Yangiliklar
Kurtua: "Siti"ga qarshi juda og'ir o'yin bo'ladi"
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua CHempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi birinchi o'yindan kutayotgan umidi haqida gapirdi.
"Juda og'ir o'yin bo'ladi, lekin bu dam olish kunlari o'ynamaganimiz yaxshi bo'ldi.
Ular Premer-liga chempionligi uchun ham kurashishmoqda va "Liverpul"dan bir ochko oldinda boryapti, vaziyat stressga tushiradigan darajada.
Men ikkinchi o'yinni uyda o'tkazishni afzal ko'raman. Aks holda, PSJ va "CHelsi" kabi kambeklarni amalga oshirib bo'lmasdi", – dedi Kurtua.
"Siti" va "Real" o'yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar