Kurtua "Real"ga ketsa, "CHelsi" Pikfordni sotib oladi
27 iyu 2018 17:28
Yangiliklar
Kurtua "Real"ga ketsa, "CHelsi" Pikfordni sotib oladi
"CHelsi" "Everton" va Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikfordni xarid qilish yo'llarini ko'rib chiqmoqda.
Agar "Real" qiziqish bildirayotgan Tibo Kurtua ketsa, 24 yoshli posbon London klubining asosiy transfer maqsadiga aylanadi.
"Ko'klar"ning zaxira varianti Kasper SHmeyxel ("Lester Siti") va Jek Batlend ("Stok Siti") bo'ladi.
"Everton" bor kuchi bilan Pikfordni saqlab qolmoqchi.
Fikrlar