Kurtua: "Men Ispaniyani sevib qoldim va u erga qaytmoqchiman"
20 sen 2016 12:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/221702_original.jpg)
![](/upload/storage/221702_220.jpg)
Kurtua: "Men Ispaniyani sevib qoldim va u erga qaytmoqchiman"
"CHelsi" darvozaboni Tibo Kurtua kelajakda Ispaniyaga qaytish niyatida ekanligini tan oldi.
"Atletiko" bilan xayrlashish vaqti kelganida, bir amallab ko'z yoshlarimni tiydim. Hozirgacha bu klubning qo'llab-quvvatlashini his qilyapman. Kelajakda Ispaniyaga qaytmoqchiman. Gap faqat "Atletiko"da emas, balki Madrid va mamlakatdagi qulaylikda. Tezda Ispaniyani sevib qoldim, menga odamlar, hayot tarzi, taomlar yoqdi. Ispaniyaliklarning odati - tushlikdan so'ng mizg'ishni saqlab qolganman, asosan ispan televideniyasini tomosha qilaman. "CHelsi" bilan shartnomam yana 3 mavsum amalda. 2018 yilda hamkorlikni davom ettirish haqida o'ylab ko'ramiz" - deydi Kurtua.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar