Kurtua ertaga Madridga uchib ketadi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2018, 14:44
"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtua yaqin vaqt ichida "Real" futbolchisiga aylanadi.

"Qirollik klubi"dagilar belgiyalikni payshanba kuni Madridda kutishmoqda.

Oldinroq, ushbu kelishuvga "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Mateo Kovachich qo'shilishi e'lon qilingan edi.

Kurtua "Real"ga o'tishni talab qildi va London klubi mashg'ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.

"Chelsi" Tibo Kurtua o'rniga 80 mln. evro evaziga "Atletik"dan Kepa Arrisabalagani sotib oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports