Kurtua: "Biz oltin avlod emasmiz, chunki hech narsa yutmadik"
04 dek 2022 15:36
Yangiliklar
Kurtua: "Biz oltin avlod emasmiz, chunki hech narsa yutmadik"
Tibo Kurtua Belgiya termasidagi oltin avlod haqida gapirdi.
Belgiyaliklar JCH-2022 guruh bosqichida Marokash, Xorvatiya va Kanada to'sig'idan o'ta olmadi.
"Endi Ispaniyaga muxlislik qilaman, u erda ko'plab jamoadoshlarim o'ynaydi.
Ushbu jahon chempionati va o'tgan Evroda o'zimiz kabi bo'la olmadik. Men uchun bu uyatli. Ko'ramiz, nima bo'larkin. Kimlardir qoladi, kimlardir ketadi. Futbolda barchasi tez o'zgaradi. Endi bizni Evro-2024 uchun saralash o'yinlari kutmoqda.
Bizni oltin avlod deb atash mushkul. CHunki biz hech nima yutmadik. Oltin avlod emasmiz. Tarkibimiz shunchaki yuqori iqtidorli futbolchilarga boy. 2018 yili Rossiyadagi mundialda yaxshi futbol namoyish qilgan Belgiyani ko'rsatib bera oldik holos", - dedi posbon.
Fikrlar