So’nggi yangiliklar

04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   2 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   0 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   0 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  378 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32 01:00"Манчестер Юнайтед" форварди ёзда клубни эркин агент мақомида тарк этади  2 23:54Малайзия ОТЖ бош мураббийи: "Бугун мусобақанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнадик"  0 23:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Малайзия 2:0   0 23:24ОЧЛ. "Ал Айн" кутилмаганда ярим финалнинг илк ўйинида "Ал Ҳилол"ни мағлуб этди  17 23:22"Манчестер Сити" — "Реал". Таркиблар маълум  28 23:05Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Австралия 3:2   1 22:50Абдувоҳид Неъматов: "Мусобақани ажойиб тарзда бошлаб олдик"  2 22:33"Порту" уч йилга еврокубоклардан четлатилиши мумкин?!  0 22:12Улуғбек Ҳошимов: "Ҳужумчи позициясига 3-4 футболчи даъвогарлик қилмоқда"  1

Odil, Mara, Islom va o'xshamagan OK-2019 haqida hamda Kuperning xato-kamchiliklari Yangiliklar

Odil, Mara, Islom va o'xshamagan OK-2019 haqida hamda Kuperning xato-kamchiliklari

SHahbozni maqolasiga 100% qo'shilgan holda, undan qolib ketgan gaplarni yozaman. Aslida O'zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogiga bag'ishlab hech nima yozgim yo'q edi, lekin ommaning fikri sabab bo'ldi.

1. Mahalliy maslahatchi.
Mahalliy biron mutaxassisini o'z yoniga jalb etmasdan, yaqindagina O'FAda faoliyat boshlagan va sobiq xodimlar bilan ro'yhatni shakillantirgani Kuperga bugun qimmatga tushdi. Aslini olganda tuppa-tuzuk MTJ bilan o'rtoqlik o'yinlarida chiroyli o'ynatib kelgan Timur Kapadze yoki Osiyo chempionatida g'olib chiqqan Ravshan Haydarovni o'ziga hech bo'lmasa to'rtinchi yordamchi sifatida yoniga olishi kerak edi. Erta indin Kuper ketadigan bo'lsa undan bizga hech nima qolmayapti. O'rganishimiz kerak bo'lgan narsalar yo'q emas, ammo shularni ham o'rganmay qolamiz. Osiyo chempionatining finalida O'zbekistonga imkoniyatni boy bergan Vetnam terma jamoasi sharafini himoya qilgan yosh futbolchilar bugun MTJ tarkibida 1/4 final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. Bu hech qanaqa sensaciya emas. O'yinni ko'rdingizmi? Mano va mazmunga ega terma jamoa. Qirg'iziston terma jamoasi nega bunchalik zo'r o'ynayapti, qachon ko'rgansiz Osiyo Kubogida Markaziy Osiyo vakilini O'zbekistondan yaxshi o'ynagani? Hammasi yoshlarga berilayotgan imkoniyat tufayli. Kuperning tarkibida bironta yosh futbolchini ko'rmaysiz, agar buni JCH yo'lida tayyorgarlik deb bahona qilsa. O'FA ham Kuper ham FINALga chiqamiz degandi! Aslida Kuperga chiqish eshiklarini ko'rsatish kerak, agar chiqa olmagan holda, marhamat Timur Kapadze va Asror Aliqulov kabi yosh murabbiylarni shtabiga joy olsin. Mana shu ikki murabbiyning kelajagi bor, meni aytdi deysizlar. 6 raqamli summadan iborat maosh olayotgan mutaxassisdan hech bo'lmasa 2-3 enlik mashg'ulotlar daftarchasi qolsin hech bo'lmasa.


2. Xorijiy yig'inlar.
Muhim musobaqa oldidan kuper geolakaciyada katta xato qildi. CHempionat qizg'in pallasiga kirganida futbolchilarni charchatib okean ortiga olib bordi va u o'yinlarda futbolchilar nafaqat jismonan, balki ruhan sinib qaytdilar. Ikkinchi yig'inni esa dekabr oyida Antaliya tanlandi. Aynan shu yig'inda Odil Ahmedov boshchiligida ko'plab futbolchilar o'rtoqlik o'yinini o'tkazish kerakligini aytganda, Kuper jamoa yo'qligini takidlagan. Keyingi bahona jarohat bo'ldi. SHuning uchun ham Osiyo Kubogidagi dastlabki ikkita o'yin biz uchun tayyorgarlik vazifasini o'tadi. BAA va Qatarda bu paytga kelib juda ko'plab terma jamoalar yig'ilgan edi. Muhitga ham moslashish oson kechardi MTJ uchun.

3. Tarkib tanlashdagi xatolar.
Birgina muxlislarning hushtakbozligidan keyin Sergeevga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ygan Kuper, 4 yil avval "Aktobe"da olgan og'ir jarohatidan keyin faoliyatini tugatishni maqsad qilib qo'ygan 33 yoshli Marat Bikmaevni asosiy hujumchi sifatida qayd etdi. Turkiyadagi yig'inda esa Nagaeev jarohat olguniga qadar Sardor Rashidovga zaxira o'yinchisi sifatida munosabat qildi. Natijada Rashidov hujumchi ampluasida ro'yhatdan o'tdi. Bikmaev esa asosiy hujumchimiz edi. Bikmaev gullagan paytida ham hech qachon O'zbekiston milliy terma jamoasining birinchi raqamli hujumchisi bo'lgmagan va hozir haqoratlarga ko'milib ketgan Marat o'zi eshikni taqillatib Kuperga uni asosiyga qo'yishi va Avstraliya bilan o'yinda so'nggi daqiqalarda maydonga tushirishini so'ramagan. Bularning bari, Kuperning xatolari! Va yana Kuper ekstra taymlarda yutishni o'ylaganida hujum qilish plani bo'yicha ish ko'rardi. U penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rdi va penaltilar seriyasini amalga oshirishida halqaror tajribaga ega ikki nafar futbolchilar, Hamdamov va SHomurodovni zaxiraga oldi. Aslida Ektor janoblari Ahmedovni OKga ham olib ketmqochi emas edi. Rostan ham jarohati bo'la turib Avstraliyaga bora olmasligini aytganidan keyin, terma jamoa vakili orqali Kuper, agar aldayotgan bo'lsa OKga olib bormasligini ayttirib yuborgan.  Lekin Janubiy Koreyadan 4ta golni qabul qilib olgach janobning fikri o'zgardi. Odil esa Toshkentga qaytgach yana 2 hafta davolandi. Azamovga nisbatan ham shubhada bo'lganligi uchun yakuniy ro'yhatga kiritmaganligini bashorat qilish mumkin. 2-3 darvozabonlardan foydalanmasligi malum edi. Suyunov ham allaqachon qo'lidagi gipisni echgan. Netserov ketishini aytib o'tdi, endi JCH saralashida uchtalikka kirmagan Suyunovga ishonch bildiradimi? Futbolchining ruhiyatichi? Kuper bir to'la hissiz robotlar bilan ishlayotgani yo'q. SHuning uchun chet elda murabbiy tanlashda, mahalliy mintalitetga ham etibor qaratiladi.

Yana meni hayratlangani, OKdagi raqiblarimiz bir nechta o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazgan bo'lsalarda, Kuperning jamoasida biron mutaxassis u o'yinlarni jonli ko'rib kelgani va mashg'ulotlar jarayonini kuzatganini haqida eshitmadim. Bu ishni Babayan, Qosimov va Abramov maromiga etkazib kelgan. Biz kecha yutqazgan Avstraliya, 2015 yil Qosimov yutqazgan Koreyadan ancha kuchsiz edi.

Vitaliy Denisov nima uchun MTJga chaqirilmay qo'yildi? Sababi u Kuperni 5 kunlab mehmonxonada yotish kerakligi bo'yicha ko'rsatmasiga qarshi chiqdi. MTJ futbolchilari professionallar, ular masuliyatni his qiladilar. Kechqurin biron erga borib ichib o'tirmaydilar. SHundoq ham 5 oyda bir O'zbekistonga kelsang-u, oilang, yaqinlaring davrasida bo'lmay mayxonaga bormaysan-ku! Denisov shu bugungi holatida ham Zoteevdan ham, Sayfievdan ham kuchli. Tag'in ham Zoteev chidab berdi!



"Lokomotiv"ni chempion bo'lishida juda katta hissa qo'shgan Sardor Mirzaevni chaqirib ham o'tirmadi. Sardor nozik tab o'yinchi. Vinger sifatida aynan mana shu terma jamoaga juda kerak edi. Maratni nominal hujumchi qilib qo'ygan Kuper uchun, aynan etishmagan sherik bu Mirzaev edi!

Aslida Ahmedovning goli bo'lmaganida Ummonni ham yuta olmas edik. Hamma Ahmedovdan gollar kutayotgan bir paytda, unutmang, Kuper uni kecha tayanch yarim himoyasiga qo'ydi, 60 metrdan hech kim gol ura olmaydi, agar darvozabon joyini tark etmagan bo'lsa. Odilning vazifasi kecha Kuper tomonidan himoyaviy o'yin ko'rsatish edi va bu ishini Kuper istaganidek uddaladi. Kuperni istaggini bajarib bergani uchun Odil aybdorda, Kuper 1/4 finalga chiqa olmaganiga oppoqmi? Kechagi ko'rsatmaga ko'ra u oldinga ko'p ham o'tishi kerak emas edi!

Hamrobekov nima uchun olib ketildi Osiyo Kubogiga? Aynan kechagi o'yinda Turg'unboev o'rniga Hamrobekovni tushirish va Odilni oldiroqqa o'tkazish kerak edi. Agar kecha Kuper g'alabani o'ylab harakat qilganida ikkinchi bo'limni o'zidayoq Avstraliyani kuchsizligini payqagan va o'yinning asosiy daqiqasida gol urish mumkinligini tushunib etgan bo'lardi. Himoyaviy taktikada menman degan MYU o'ynay olmadi, Mour ketishi bilan hammasining o'yini ochilib ketdi. Bizda yaxshi futbolchilar ko'p, hech qachon birov ketsa o'yinimiz fojeali tarzda yomonlashib ketmagan, faqat kerakli paytda yaxshi murabbiyning qo'liga tusha olmayapti, terma jamoamiz. Kuper degan familiyadan boshqa hech nima yo'q, bu argentinalik mutaxassisda. Maqtalayotgan mashg'ulotlarini futbolchilardan bir so'rab ko'ring!



FIKR YOZING, HAQORAT EMAS!

To'xtaxo'jaev 1 yil davomida sog'lig'i yo'lida kurash olib bordi. Yaqinda bu kasallikka o'zim ham duch keldim. Jigarga oid. Lekin shu bola futbol uchun, Vatani uchun maydonga tushib berayapti. Mashg'ulot qilayapti. Futbolni tugatsa ham yaxshi hayot kechira oladi. Bikmaevni yuqorida aytib o'tdim, u o'zini-o'zi terma jamoaga tiqishtirmagan. SHuncha yaxshi o'yinchilar bo'la turib Kuper ikki oyog'ini bir etik poyiga tiqib oldi. Qani Osiyo chempioni bo'lgan Komilov, Ashurmatov, Abduxoliqov? Ishonchim komil, agar Bikmaev asosiy tarkibda o'ynayverganida SHomurodov orqaroqda harakat qilaverardi yoki zaxirada qolardi. Avvalgi maqolamda aynan SHomurodovga to'xtalib o'tgan holda, uni nominal hujumchi sifatida o'ynatish kerakligini qayd etgan edim. Kuper bilayotgan narsalarni bizdagi istalgan murabbiy biladi. Ummon bilan o'yinda ham aslida Kuper tarkib tanlashda xato qilgandi. CHunki u so'nggi o'quv-yig'in mashg'ulotini "proval" qilgandi.
Ahmedov esa ikkita Osiyo Kubogida O'zbekistonni guruhdan olib chiqdi. Qatar - 2011 va BAA - 2019da aynan uning birinchi turda urgan, birinchi gollari bilan O'zbekistonni o'yini ochilib ketdi.

Kapadze ketdi, Geynrix ketdi, Jeparov ketdi... Birontasini bir bog'ich gul bilan kuzatdikmi? Ertaga Odil bilan ham shunday bo'ladi. Boshqasi bilan ham. Bizda futbolchining qadri yo'q, kamiga yillar davomida muxlislarni xursand qiladida, qariganda keraksiz buyum kabi shunchaki yo'q bo'ladi? Kuper ham, boshqasi ham keladi ketadi. Ular maoshini oladi bo'ldi, ertaga boshqa ish topadi. Lekin tarkibdagi yoshlarni ruhini ko'taradigan kim qoladi? Bunaqa munosabat bilan hech kim. Sidiqovdan, Xoshimovdan, Turg'unboev, SHomurdovlardan so'rab ko'ring ularning qay darajada kerakligini...Nesterov ham ketmasdi, agar JCH yo'lida ishonch bo'lganida. Darvozabonlar hammada ko'ra uzoqroq to'p tepa oladilar. Darvozabon uchun 36 yosh katta hisoblanmaydi. Agar Ignat, JCHga chiqishga ishonganida hech bo'lmasa uchinchi posbon sifatida borishga imkoniyati bo'lardi. Lekin u ketishga qaror qildi, sababi u ham gap so'zlardan charchadi. Oilasi bilan firklarni o'qib chiqadi! Birgina fikrlar futbolchilarning muhim qarorlariga sabab bo'lishini o'ylang. JCH saralashida aslida Nesterov biz uchun juda muhim va O'FA rahbariyati uning qarorini o'zgartira oladi deb o'ylayman!



Bu gaplarni kecha saytdagi fikrlarni o'qib chiqib yozdim. SHu penaltilar seriyasiga futbolchilarni o'zi ham etib kelgan bo'lardi, balki undan oshig'ini bajargan bo'lardi. Murabbiyning imzosini Vetnam, Qirg'iziston, Iordaniya, Qatarda ko'rdik! Yaponiya va Janubiy Koreyani aytmayman. Yaponlar murabbiyi ochiqchasiga kuldi, yangi 10 nafar futbolchini tushirib.

Sog' bo'ling, umid qilamiz, JCH saralashini biz nomi emas, ishi bor murabbiy bilan boshlashga. Bir narsaga kelishib olsak yomon bo'lmasdi. Kuperni maqtayapsizlarmi, unda futbolchilarni haqorat qilmang. Futbolchi aybdormi, demak murabbiy ham oppoq emas. Kuper o'z principini o'zgartiradiganlar safiga kirmaydi. Kuperga endi 6 oy bo'ldi deyayotganlarga takidlab o'tardim, Dalich 8 oy ichida Modrichga "Oltin to'p"ni, Xorvatiyaga JCH finalini taqdim eta oldi. SHunday ekan O'FAdan oqilona qaror kutamiz. 


Kuper yaxshi odam, gap yo'q! Bir tanishimning ruscha iborasini yozib o'taman, "xoroshiy chelovek eto ne professiya"!

Reyting: -383   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика