So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  0 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  1 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  1 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0

Bugungi "jang" oldidan "Nasaf" va "Paxtakor"ning joriy mavsumdagi o'zaro o'yinlaridan FOTOMAQOLA Yangiliklar

Bugungi "jang" oldidan "Nasaf" va "Paxtakor"ning joriy mavsumdagi o'zaro o'yinlaridan FOTOMAQOLA

Mamlakatimizdagi barcha futbol ishqibozlari uchun bugun kunning eng muhim o'yini so'zsiz "Nasaf" - "Paxtakor" bellashuvi bo'ladi.


Oliy liga 29-turidan o'rin olgan qarama-qarshilik Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi. Bu jamoalarning joriy mavsumdagi o'zaro to'rtinchi to'qnashuvi bo'ladi. Bundan oldingi uchta o'yindan ikkitasida qarshiliklar, bittasida esa toshkentliklar g'alaba nashidasini surishgan. Quyida "Nasaf" va "Paxtakor"ning bu mavsumdagi o'yinlaridan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

Birinchi o'yin
O'zbekiston kubogi
Nimchorak final
, birinchi o'yin
"Paxtakor" markaziy stadioni
22.05.2017
"Paxtakor" - "Nasaf" 0:3
Gollar:
Dragan CHeran 44 (pen.), Baxrom Abdurahimov 71, Dilshod Xushbakov 89

"Nasaf"ning boshlang'ich tarkibi.

"Paxtakor"ning boshlang'ich tarkibi.

O'sha uchrashuvda "Nasaf" "Paxtakor"ni Toshkentda taslim etgan edi.

"Paxtakor" o'z maydonida "Nasaf" darvozasiga yo'l topa olmagan edi.

Uchrashuv mana shunday keskin kurashlarga boy o'tgan edi.

Dragan CHeran bellashuvda penaltidan hisobni ochgach golni shunday tarzda nishonlagan edi.

O'sha kungi uchrashuvda eng faollardan biri bo'lgan Baxrom Abdurahimov.

Maqsud Karimov familiyadoshi SHerzoddan to'pni olib qo'yishga urinayotgan vaziyat.


Ikkinchi o'yin
O'zbekiston kubogi
Nimchorak final
, javob o'yini
"G'uzor" stadioni
30.05.2017
"Nasaf" - "Paxtakor" 1:0
Gol:
Baxrom Abdurahimov 64

Toshkentdagi yirik g'alabadan keyin kubokda chorak final yo'llanmasi deyarli hal qilib bo'lingan edi.

"Nasaf" kubokda har ikki uchrashuvda ham "Paxtakor"ni mag'lub etgan edi.

Qarshidagi stadionda rekonstrukciya ishlari olib borilayotgani uchun G'uzorda o'tkazilgan bahsda yagona golni Baxrom Abdurahimov kiritgan edi.


Uchinchi o'yin
Oliy liga
, 14-tur
"Paxtakor" markaziy stadioni
19.06.2017
"Paxtakor" - "Nasaf" 2:1
Gollar:
Igor Sergeev 67, SHerzod Karimov 69 - Farruh Sayfiev 78

"Nasaf"ning boshlang'ich tarkibi.

"Paxtakor"ning boshlang'ich tarkibi.

Kubokdagi ikki mag'lubiyatdan keyin Oliy liga doirasidagi bahsda Igor Sergeev hisobni ochgan edi.

SHerzod Karimovning zarbasi esa o'sha kuni supergolga aylangan edi.

O'sha kuni "Nasaf" darvozasini qo'riqlagan Eldor Suyunov bugun "Paxtakor" o'yinchisi sifatida qaydnomadan joy oladi.

Sergeev va Karimovning goliga Farruh Sayfiev parashut zarbasi bilan chiroyli javob qaytargan edi.

Bugun bizni keskin va kurashlarga boy o'yin kutib turibdi. Demak, birgalikda kuzatamiz.



Tolibjon Qosimov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика