So’nggi yangiliklar

Kuni kecha diskvalifikaciyasi tugagan Ilhom Mo'minjonov "Neftchi" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi Yangiliklar

Kuni kecha diskvalifikaciyasi tugagan Ilhom Mo'minjonov "Neftchi" bilan 4 yillik shartnoma imzoladi

Bugun, 2 yanvar kuni "Neftchi" PFK qarorgohida viloyat hokimi Hayrullo Bozarov tashabbusi bilan jamoaning yangi bosh murabbiyi bilan tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda viloyat hokimining sport va turizm masalalari bo'yicha maslahatchisi Hurshid Ahmedov va "Neftchi" klubi rahbari Zohidjon G'ofurovlar ishtirok etib, Ilhom Mo'minjonov "Neftchi" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlanganligi va 4 yillik shartnoma imzolaganligini malum qildi.

SHundan keyin, Ilhom Mo'minjonov so'zga chiqib, bor kuchi va tajribasini farg'onaliklar ishonchini oqlash va jamoaning Superligadagi ishtiroki va salohiyatini qayta tiklashga sarflajagini bildirdi.

O'z navbatida klub rahbariyati Ilhom Mo'minjonovga boshlanayotgan yangi futbol mavsumida jamoani yuksak marralar sari etaklashda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi", - deb yozadi "Neftchi" klubi matbuot xizmati. 



Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика