Kunde "Tottenxem"ga o'tishni rad etdi
15 iyu 2021 18:01
Yangiliklar
Kunde "Tottenxem"ga o'tishni rad etdi
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde Londonning "Tottenxem" klubiga o'tishni xohlamadi.
Andalusiyaliklar va "shporlar" franciyalik futbolchi borasida kelishuvga erishishgan edi. "Sevilya" 30 mln evro va himoyachi Davinson Sanchesni olishi mumkin edi, ammo bitim Kundening qarori sabab amalga oshmadi.
Jyul ispan klubida 2019 yildan beri o'ynaydi. U o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
22 yoshli himoyachining shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar