So’nggi yangiliklar

10:11"Барселона" ва МЮ ўзаро футболчи алмашиши мумкин  1 10:04"Локомотив" — "Қизилқум" ўйини 25 август куни бўлиб ўтади. ПФЛ мавжуд ҳолат учун футбол жамоатчилигидан узр сўрайди  0 09:39Европанинг яна бир номдор клуби молиявий сабабларга кўра қаттиқ санкцияларга учраши мумкин  1 09:10"Сурхон" "Пахтакор"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  1 08:44"Манчестер Сити" Альвареснинг ўрнига осиёлик ҳужумчи билан шартнома тузмоқчи  2 08:17Шунчаки дахшат! "Реал Мадрид" рекорд сумма тўлаб 12 ёшли футболчини сотиб олди  3 07:54"Сурхон" 30 йиллик нохуш анаънага чек қўйди  4 07:22Бугун Суперлиганинг 17-турига старт берилади  2 02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  1 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  6 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  4 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  1 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  2 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  3 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  2

Kundalik: Tailand nega g'alaba qozongani, "CA"ni futbol jamoasiga o'xshatgan, Qosimovni "tanigan" muxlis va MTJ mashg'uloti haqida Yangiliklar

Kundalik: Tailand nega g'alaba qozongani, "CA"ni futbol jamoasiga o'xshatgan, Qosimovni "tanigan" muxlis va MTJ mashg'uloti haqida

Ijodiy guruhimiz bilan Dubaydagi "Atana" mehmonxonasida istiqomat qilyapmiz.

Ummonga qarshi o'yindan bir kun oldingi rasmiy tadbirlar va o'yin kuni Dubay-SHarja yo'nalishi bo'ylab harakatlanib turdik. O'tgan ikki kunda asosiy ish joyimiz SHarjadagi media-markazda o'tdi.


Kechadan boshlab esa Dubaydagi "Al Maktum" stadioniga yo'l oldik. Dastlab media-markazda ishlab, keyin mazkur stadionda o'tgan Tailand - Bahrayn uchrashuvini tomosha qildik. Aytish kerakki, bu o'yinga jurnalistlar tashrifi u qadar yuqori bo'lmadi. Stadionda ham anshlag kuzatilmadi. Bahrayndan 1000ga yaqin ishqiboz kelgan bo'lsa, Tailanddan nisbatan kamroq muxlislar kelishdi. Ammo muxlislik qilish borasida tailandliklar son emas, balki sifat muhimligini isbotlashdi. Yani "Al Maktum" stadionidagi chiroyli muhitni shakllanishida aynan g'olib jamoa ishqibozlarining faolligi katta rol o'ynadi.

O'yinga keladigan bo'lsak, bahs ancha quvnoq tarzda o'tdi. Bahrayn birinchi turda mezbonlardan ochko olgani tasodif emasligini ko'rsatishga uringan bo'lsa, Tailand birinchi turdagi sensaciya alamida ham g'alaba uchun tish-tirnog'i bilan kurashdi. Natijada muxlislar quvnoq va tomoshabop futbol guvohiga aylanishdi. Bu bahsda taktik qarama-qarshilikdan ko'ra futbol zavqi birinchi o'ringa chiqdi. Tartib yoki taktik intizom masalasidan ancha yiroq bo'lgan jamoalar ishtirokidagi bahsla boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi. Maydon markazisiz o'tgan bellashuvda goh bu jamoa, goh u terma hujumga o'tdi. O'yin tempi esa o'rtachadan yuqoriroq bo'ldi. Biroq yaratilgan qator vaziyatlardan faqatgina bittasi gol bilan yakunlandi. SHu kuni murabbiyini istefoga chiqargan va o'tgan turdagi sensacion mag'lubiyatdan g'azablangan Tailand yuqori ishtiyoq bilan o'ynadi. G'alabani ko'proq xohladi. Murabbiy istefosidan keyin jamoadagi ko'tarinki kayfiyat maydonda ham sezilib turdi. Aynan shu jihatlar tasirida Tailand Bahrayndan ustunlik qildi va haqli g'alabaga erishdi.



Uchrashuv tugashi bilanoq biz ijodiy guruhimiz bilan "Al Maktum" stadionidan "Rashid" o'yingohi taraf otlandik. CHunki o'tgan kungi Ummonga qarshi o'yindan so'ng terma jamoamiz ham Dubayga ko'chgan va bu erdagi o'yindan keyingi mashg'ulotini o'tkazishi rejalashtirilgandi. Dubaydagi eng qulay transport sanalgan metro orqali tezda ko'zlangan manzil taraf yo'l oldik.

Ijodiy guruh katta emasmi, yo'l-yo'lakay turli hangoma hamda hazillar, mahalliy aholi va Dubaydagi sayyohlar bilan bog'liq qiziqarli vaziyatlar yuzaga keldi. Egnimizdagi "CA" logosini kimdir saytligini bilgan, tushunmagan insonlar qaysi kompaniya yoki jamoa ekanligimizni so'ragan, hamkasbimiz Tolibjon Qosimovni taniqli futbolchi deb o'ylagan muxlislar ham uchradi. Hazillar, kulgu va  alo kayfiyat bilan "Rashid" stadionining zaxira maydoniga ham keldik. Kelish bilan ish bitmaydi. Hali stadionga kirish, zaxira maydonlari ichidan O'zbekiston terma jamoasi qaerda shug'ullanayotganini topish kerak edi. Asosiy maydonda Avstraliya terma jamoasi rasmiy mashg'ulot o'tkazayotgandi. Bizning pley-offdagi potencial raqibimiz bo'lish ehtimoli bor kengurularning mashg'ulotiga biroz kechikdik.

Nariroqdagi maydonda ikkinchi turdagi raqibimiz, qo'shnilarimiz Turkmaniston terma jamoasi biz bilan o'yinga taraddudni boshlab yuborishgandi. Ularning mashg'ulot jarayoni bilan tanishmoqchi bo'lgandik. Lekin birinchidan vaqt etibori bilan O'zbekiston terma jamoasi mashg'ulotiga kech qolardik. Ikkinchidan Turkmaniston deyarli mashg'ulotlarini tugatayotgandi. SHu boisdan ham asosiy rejadan chetga chiqmadik. Sal keyinroq esa sevimli terma jamoamiz ham "Rashid" stadionining zaxira maydonida mashg'ulot o'tkazish uchun tashrif buyurdi. Ammo o'sha maydonga kirib borish, aylanib o'tish va bunga masul bo'lgan OFK xodimlarini topish muammo tug'dirdi.


Uzoq izlanish va aylanma yo'llar orqali nihoyat terma jamoamiz mashg'ulot maydonini "topdik". Topish qanchalik oson bo'lmagan bo'lsa, kirish ham shunga yaqin muammolarni taqdim etdi. Stadion mamuriyati va OFK xodimlari ham o'rtada mazkur masala bo'yicha bahslashib, tortishib ketishdi. Natijada bizga terma jamoamiz mashg'ulot maydonini ko'rsatishdi va kirg'izishdi. OFK xodimi mazkur tushunmovchilik uchun uzr so'rab, mashg'ulot tugagach ertasiga kelishda bu kabi muammolar takrorlanmasligini takidladi.


Terma jamoamiz mashg'uloti haqida gapiradigan bo'lsam, anchadan buyon O'zbekiston mashg'ulotini jonli kuzatmagandim. Oxirgi marta Toshkentda o'tkazilgan oktyabr oyidagi yig'inda to'liq ishtirok etgandik. O'yindan keyingi mashg'ulot odatdagidek engil yuklamalar va o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlagan futbolchilar uchun tiklanish jarayoni bilan o'tdi.



Ummonga qarshi bahsda asosiy tarkib o'yinchilariga aylangan Nesterov, SHorahmedov, Krimec, Ismoilov, Zoteev, SHukurov, Ahmedov, Sidiqov, Masharipov, Rashidov va Bikmaev engil yugurish hamda chigalyozdi mashqlari bilan band bo'lishdi.

Qolgan 12 nafar futbolchi alohida dastur bo'yicha mashg'ulotni to'liq o'tashdi. Mashg'ulot so'nggida esa 12 nafardan iborat futbolchilar oltiga bo'lingan holda maydonning ikkinchi qismida futbol o'ynashdi.



Birinchi jamoa sharafini Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiev, Islom To'xtaxo'jaev, Ikrom Aliboev, Fozil Musaev va Eldor SHomurodov himoya qilishdi. Ikkinchi jamoa tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi: Yusupov, Tursunov, Hoshimov, Hamrobekov va Turg'unboev va Hamdamov. O'yin nisbatan ancha jiddiy va yakka-kurashlarga boy tarzda o'tdi. Hech bir jamoa engilgisi kelmay, to'qnashuvlarga bir-birini ayab o'tirmadi. Mazkur mini o'yinda chinakamiga sog'lom raqobat vujudga kelib, hech kim taslim bo'lishni istamadi. Birinchi jamoa sharafini himoya etgan: Quvvatov, To'xtaxo'jaev, Sayfiev, Aliboev, Musaev va SHomurodov mashg'ulotdagi raqiblariga nisbatan katta ustunlik bilan o'ynashdi. Juda ko'p gollar urilgani bois hisobda adashib kettik. Ammo o'yinda tajribali futbolchilar to'plangan jamoa ortiqcha muammolarga duch kelmadi.



SHu tariqa O'zbekiston terma jamoasining Ummonga qarshi o'yindan keyingi asosan tiklanishga qaratilgan mashg'uloti tugadi. Futbolchilarimiz mashg'ulotlarda ko'p ham hazillashmasdan ancha jiddiy yondoshuvda shug'ullanishganini takidlash mumkin. Mashg'ulot so'nggida esa Ummonga qarshi o'yinda jamoamiz xaloskorlariga aylangan Ahmedov va SHomurodov video intervyu berishdi. Mazkur intervyu va terma jamoamizning gollariga mualliflik qilgan futbolchilarimizning fikrlari bilan video-kundaligimiz orqali tanishib olasiz.

Mashg'ulot tugagach futbolchilar bilan biroz so'rashib gaplashishga ham ulgurdik. SHomurodov zaxirada qolganiga maydonga tushib qanday munosabat bildirganini ko'rsatdi. Bu gol Eldordan bosimni olib tashlab, o'ziga bo'lgan ishonchni ortgani sabab bo'lganini tasdiqladi. Futbolchilarimiz Ummonga qarshi o'yindagi g'alabadan eyforiyaga berilishmagan. Ular qo'shnilarimiz bo'lmish Turkmanistonga qarshi o'ziga xos derbi kutayotganini sezib turishibdi. Terma jamoamiz azolari muxlislardan ishonch va qo'llab-quvvatlashni kutayotganliklarini bildirib, ularni xursand etish istagida yonayotganliklarini takidlashdi. O'zbekiston terma jamoasi azolari Dubaydan O'zbekistonga salom yo'llashdi va kelgusi uchrashuvlarda muxlislar daldasi nechog'lik muhimligini anglab turishibdi.

Muhimi, terma jamoamiz lagerida yaxshi kayfiyat va ishga bo'lgan jiddiy yondoshuvni kuzatishimiz mumkin. Yana muhim va asosiy jihat, lazaretimiz bo'sh. Yani jarohatlanganlar yo'q. Nesterovda ham barchasi joyida. SHunchaki kechagi bahsda darvozabonimiz raqib zarbasini qaytarishda qo'l panjasini qayirib olgani uni biroz bezovta qilgan. Hozir barchasi joyida. Ertaga, yanayam aniqrog'i bugun Kuper terma jamoamizni Turkmanistonga qarshi o'yinga tayyorlashni boshlaydi.

O'yindan keyin o'sha uchrashuvga oid tahlil, kamchiliklar yuzasidan fikr almashishlar bo'ladi. Ammo navbatdagi bahs oldidan esa terma jamoamizni qo'llashga, ularga dalda berishga, salohiyatimizga ishonishda davom etamiz. Musobaqani g'alaba bilan boshladik. Turkmanistonga qarshi o'yinda ham bizni g'alaba qanoatlantiradi. Narigi guruhda Iordaniya katta ehtimol peshqadamlikni deyarli rasmiylashtirgan bo'lsa, bizning potencial ehtimoliy raqibimiz Avstraliya bo'lishi mumkin. Agarda guruhimizda "xo'jayinchilik" qila olsak, yani Yaponiyani mag'lub etsakkina nimchorak finalda kengurulardan qochishga erishamiz. SHu taraflama bizni oldinda yana ikkita finalga teng o'yin kutmoqda.


"CA"dagi futbol tili bilan aytganda "opornik" - Jasur Aslanov. Ko'p ko'rinmaydi, ammo katta hajmdagi ishni bajaruvchi "futbolchi"


"Dubai Mall"dagi ajoyib va tarixiy eksponat: Messi, Giggz, Koutino, Pele, Kantona, Jerrad to'p tepgan butsalar. Eng qimmati Messiniki va eng arzoni Giggz hamda Kantonaniki. Narx BAA pul birligi dirxamda ko'rsatilgan 


Bugun esa ijodiy guruhimiz bilan ikkiga bo'linamiz. Bir guruh vakillarimiz qo'shnilarimiz bo'lmish Qirg'izistonning Janubiy Koreyaga qarshi o'yini bo'ladigan Al Ayn shahriga yo'l olsa, ikkinchi guruhdagi tarkib ehtimoliy raqibimiz bo'lishi mumkin bo'lgan Avstraliya uchrashuvini o'rganish va yoritish uchun boradi. Falastin - Avstraliya bellashuvida shuningdek hamyurtlarimiz bo'lmish Kovalenko va Ermatov ishlaydi.

Kun davomida olingan qiziqarli rasmlarni ko'pi operatorimiz Zoirning fleshkasida. Hozir narigi nomerda yotgan operatorimizni bezovta qilmadim. ayni manashu matn yozilayotgan paytda Dubayda soat 03:50ni ko'rsatmoqda. Zoir Tursunboev hali uxlagani yo'qkuya, lekin montaj ishlari bilan band bo'lgan xodimni ishdan chalg'itmaslikni maqul topdim. Aslida u rasmlarni chop etish ham yaramaydi. CHunki turgan bitgani "paparacci" :-)

Hozircha shunaqa gaplar. Ertalab etiboringizga havola etiladigan video-kundalikni ham tomosha qilishni unutmang.


SHahboz Beg'amov

Dubay, 10-11 yanvarga o'tar kechasi :-)

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика