So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

Kun qahramoni - Sardor Rashidov: "Keyingi o'yinlarda yanada ko'proq gollar urishga harakat qilaman" Yangiliklar

Kun qahramoni - Sardor Rashidov: "Keyingi o'yinlarda yanada ko'proq gollar urishga harakat qilaman"

"Nasonal" futbolchisi Sardor Rashidov bugun "Feyrense" darvozasiga uchta gol urishni uddaladi.

Uchrashuvning 12, 54 va 67-daqiqalarida gol kiritgan Sardor bahsning eng yaxshi futbolchisiga va xalqimiz uchun kun qahramoniga aylandi. O'yin tugaganidan keyin biz Sardor Rashidovning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin haqida fikrlaringiz...
- O'yin juda qiziq bo'ldi. 3ta gol urib, xet-trik qayd etganimdan juda xursandman. Ushbu gollarimni vatanim, O'zbekiston xalqiga bag'ishlayman. Menga qaratayotgan etibor va muxlislik uchun barchaga tashakkur bildiraman va yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatib, ko'plab gollar urishga intilaman.

- Portugaliya va O'zbekiston chempionatlaridagi farq qanday ekan?
- Portugaliya - Evropa. Bu erda barchasi evropacha. Futbolchilarda ishtiyoq kuchli va ular har doim o'yinga chanqoq bo'lishadi.

- O'tgan o'yindagi mag'lubiyatdan keyin ruhiy tushkunlikka tushmadingizmi?
- Yo'q. "Benfika" - top-klub.

- Bir vaqtlar sizga haqiqiy Sardor Rashidov qani deyishgandi...
- Ha, esimda. Men hech qaerga ketmadim. SHu erdaman...

Hozircha shu. Sardor Rashidov keyinchalik katta intervyu berishga vada berdi.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

"Nasonal" - "Feyrensi" 4:0. VIDEO

Reyting: +112   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика