Kuman Pikening qancha muddatga safdan chiqqanini aytdi
25 noy 2020 18:23
Yangiliklar


Kuman Pikening qancha muddatga safdan chiqqanini aytdi
Ispan nashri bo'lmish Marca'da "Barselona" va "Dinamo" (Kiev) jamoalari o'rtasidagi ECHL o'yini oldidan murabbiylarning dialogi chop etildi.
Ronald Kuman suhbatda Jerar Pikening jarohat sabab qancha muddatga safdan chiqqanini aytdi.
Luchesku: Men sizlarning "Atletiko"ga qarshi o'yiningizni ko'rdim, sizlar birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadinglar.
Kuman: Ular mudofaada juda kuchlilar, yaxshi himoyalanishadi.
Luchesku: Ammo sizlarda gol urish imkoniyati bo'ldi
Kuman: Ha, ha. Jarohatlar tufayli omadimiz kelmayapti. Ansu Fati uch oyga "ketdi", Pike 4-5 oyni o'tkazib yuborishi mumkin, Serxi Roberto ikki oy maydonga tushmaydi. Ammo, sizda ham huddi shunday muammolar bor. Bu ahmoqlik.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Kievda "Dinamo"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar