Kuman: "Men "Barselona" haqida gapirishni yoqtirmayman"
06 dek 2019 23:42
Yangiliklar
Kuman: "Men "Barselona" haqida gapirishni yoqtirmayman"
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman uning xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Mening Gollandiya terma jamoasi bilan shartnomam bor. Bu ikki yilga mo'ljallangan, shu tufayli "Barselona" haqida gapirishni xohlamayman. Bu ko'p tomonlama noqulay. Menda ish bor va hozir yangi jamoa haqida gapirish amaldagi ish joyimga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi".
Avvalroq Kuman "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverdeni almashtirishi haqida gapirilgandi. Malumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar Kuman Gollandiya terma jamoasi bilan hamkorlikni muddatidan avval yakunlashi uchun tovon puli to'lashga ham tayyorlar.
Fikrlar