Kuman Isroil klubi bosh murabbiyligidan ketib, murabbiylik faoliyatini yakunladi
02 dek 2021 19:28
Yangiliklar
Kuman Isroil klubi bosh murabbiyligidan ketib, murabbiylik faoliyatini yakunladi
"Beytar" ustozi Ervin Kuman (Ronaldning akasi) o'z lavozimini tark etdi.
"Ayrim shaxsiy sabablarga ko'ra hozirning o'zida to'xtamoqchiman. Bu men uchun og'ir bo'ldi, biroq yaqinda "Beytar" raisi bilan uchrashuvda unga ketishim haqida aytdim va u bu qarorimni qabul qildi. Bosh murabbiy sifatida butunlay istefoga chiqish vaqti keldi", – dedi Ervin Kuman.
60 yoshli mutaxassis 2 iyundan beri jamoani boshqarib kelayotgan edi.
Malumot o'rnida, "Beytar" kuni kecha "Bney Saxnin"ga mag'lub bo'ldi (0:2).
Fikrlar