Kuman: "Everton" futbolchilari bilan uchrashadigan vaqt keldi, biz xavf qo'ng'irog'ini oldik"
16 sen 2017 13:03
Yangiliklar


Kuman: "Everton" futbolchilari bilan uchrashadigan vaqt keldi, biz xavf qo'ng'irog'ini oldik"
Jamoa APLdagi to'rtta turdan so'ng 4 ochko yig'di, "Atalanta"ga qarshi Evropa ligasining 1-tur uchrashuvida esa 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.
"Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda mardlik va tajribamizni ko'rsatishimiz kerak. Futbolchilar bilan uchrashib olaman. Tajribali o'yinchilar gapiradigan payt keldi. "Atalanta"ga qarshi bahsda ko'rganimdan havotirga tushib qoldim. Bu xavf qo'ng'irog'i. Bunday natijalardan so'ng jamoaga o'zgarish kerakligi haqida fikr paydo bo'ldi. Xatto so'nggi uchrashuvlarni "Manchester Siti", "CHelsi" va "Tottenxem"ga qarshi o'tkazgan bo'lsak ham, jamoam maydonda shubhalanmoqda. O'tgan mavsumda eng kuchli tomonlarimizdan biri tashkillashgan himoya bo'lgandi, biroq hozir biz bu ustunlikni yo'qotdik" - deydi Kuman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar