Kuman "Barselona" murabbiyi bo'lishi haqida: "Bo'lishi mumkin, lekin Evro-2020 oxiriga qadar bu haqda o'ylamayman"
13 noy 2019 21:20
Yangiliklar


Kuman "Barselona" murabbiyi bo'lishi haqida: "Bo'lishi mumkin, lekin Evro-2020 oxiriga qadar bu haqda o'ylamayman"
Gollandiya termasi bosh murabbiyi Ronald Kuman kelajakda "Barselona" ustoziga aylanishi mumkinligini inkor etmadi.
"Bo'lishi mumkin, lekin Evropa chempionati oxiriga qadar bu haqda o'ylamayman", – deydi Kuman.
56 yoshli murabbiy Evro-2020gadan keyin "Barselona"ga o'tib ketishi mumkin. Bunday band uning Gollandiya termasi bilan tuo'gan shartnomasida bor.
Kuman kataloniyaliklar safida o'ynagan (1989—1995) va murabbiylar shtabiga kiritilgan (1998—2000). U "Barsa" bilan 10 ta sovrin yutgan. Sovrinlar orasida CHempionlar ligasi ham bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar