Kulibaliga APL jamoasi davogarlik qilmoqda
12 iyu 2021 23:55
Yangiliklar
Kulibaliga APL jamoasi davogarlik qilmoqda
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"90min" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Everton" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. "Irislar" bosh murabbiyi Rafael Benitesning shaxsan o'zi uning transferini istamoqda.
Ispaniyalik mutaxassis 2013-2015 yillar davomida "Napoli"da u bilan birga ishlaganligini aytib o'tish kerak.
O'tgan mavsumda Kulibali barcha turnirlarda 37 o'yinda qatnashdi va bir bora gol urdi.
Oldinroq "Barselona" va "Manchester Yunayted" tomonidan futbolchiga qiziqishlar borligi aytilgandi.
Fikrlar