Kulibali Afrika Millatlar Kubogi finalida o'ynamaydi
15 iyu 2019 13:55
Yangiliklar


Kulibali Afrika Millatlar Kubogi finalida o'ynamaydi
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali muhim o'yinda terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Senegal termasi Tunisni qo'shimcha daqiqalarda yutgan holda Afrika kubogining final bosqichiga yo'llanma oldi. Finalda Senegal va Jazoir termalari o'zaro kuch sinashadi.
Hal qiluvchi bahsda senegalliklar mudofaa chizig'ida kattagina yo'qotish bor. "Napoli" himoyachisi Tunisga qarshi o'yinda musobaqadagi ikkinchi sariq kartochkasini oldi va finalni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
Senegal hamda Jazoir termalari o'rtasidagi o'yin 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.
28 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 48ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar