Kuchli-beshlikdagi qizil kartochka olmagan jamoalar
26 apr 2016 23:30
Yangiliklar
Kuchli-beshlikdagi qizil kartochka olmagan jamoalar
Italiya A Seriya, Ispaniya La Ligasi va Franciya 1 divizionida barcha jamoalar hakamning qizil kartochkasi bilan siylangan. Kuchli-beshlik chempionatlarida faqatgina to'rtta jamoada hozircha chetlatish yo'q. Eng qizig'i, nisbatan ancha tartibli va intizomli o'tadigan Angliya premer ligasi va Bundesligada qizil kartochka olmagan jamoalar mavjud.

Angliya chempionatida "Tottenxem" va "Manchester Siti" jamoalari futbolchilariga joriy mavsumda qizil kartochka ko'rsatilmagan. SHuningdek, Bundesliganing ham ikki klubi Dortmundning "Borussiya" hamda "Darmshtadt" jamoalari hozircha maydonda bir kishi kam bo'lib harakat qilishmagan.

Ushbu jamoalar ichida eng kam ogohlantirishga ega jamoa bu "Borussiya Dortmund" sanaladi. Ular ushbu mavsumda ichki chempionatda bor-yo'g'i 33 marotaba hakamlar tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko'rilishgan. Tomas Tuxel Dortmundda nafaqat kuchli, balki tartib va intizomi bilan ham namuna bo'layotgan jamoani qurmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar