So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  1 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  3 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  5 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

"Kuchli-beshlik": Gelzerkirxenda ajoyib qarama-qarshilik (FOTO) Yangiliklar

"Kuchli-beshlik": Gelzerkirxenda ajoyib qarama-qarshilik (FOTO)

Bugun "Kuchli-beshlik"dagi uchta chempionatda tur o'yinlariga start beriladi.

Bundesligada 7-tur doirasida Gelzerkirxenda ajoyib qarama-qarshilik guvohiga aylanamiz.

Evrokuboklarsiz qolib ketgan "SHalke" va "Bayer" "Veltins-arena"da o'zaro to'qnash kelishadi.
Tedesko "SHalke" avvalgi mavqeini tiklash bilan ovorda. Xayko Xerlixx oldidagi vazifa ham aynan shundan iborat.
Turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqsak, bu turdagi g'alaba orqali "SHalke" kuchli beshlikka kirib olish imkoniyatiga ega. "Bayer" esa Gelzirkerxinda g'alaba qozonsa, unda turnir jadvalida "SHalke"ni quvib o'tishi mumkin.


Bu jamoalarning o'zaro o'yinlari tarixiga qaraydigan bo'lsak, ustunlik "Bayer" tarafida.
"SHalke" 15ta g'alaba erishgan, "Bayer" esa 22 bor g'alabani tantana qilgan. Qolgan 17 uchrashuvda durang qayd etilgan.

Turnir jadvalida yuqori ko'tarilish uchun har ikkala jamoa bu uchrashuvga faqat g'alabani ko'zlab maydonga chiqishi aniq.

Bundesliga, 7-tur. Turnir jadvali

"SHalke" - "Bayer" (23:30)
"Veltins-Arena" stadioni.
Bosh hakam
: Guido Vinkmann.



Franciya 1 divizionida bugun 8-turga start beriladi.
Turni "Monako" - "Monpele" uchrashuvi ochib beradi.
O'tgan turda PSJdan ochko tortib olgan "Monpele" jamoasi endilikda boshqa etakchidan ochko olishga urinib ko'radi.

O'tgan yili Monte-Karloda mehmon bo'lib oltita golni quchoqlab ketgan "Monpele" bu safar ancha ehtiyot bo'lib o'ynashiga to'g'ri keladi. Ammo bu yilgi "Monako" o'tgan yilgidan farq qiladi. Monegasklar tarkibidagi bir qator etakchilar endi bu jamoa sharafini himoya qilishmaydi. Jardim jamoasida ayni paytda ruhiy tushkunlik mavjud. CHunki seshanba kuni jamoa ECHL doirasida o'z uyida "Portu"dan qaqshatkich zarbani qabul qilib oldi.

Michel der Zakariyan bugun shogirdlariga raqibning aynan ruhiy tushkunligidan unumli foydalanishga chaqirishi tabiiy.
PSJ buza olmagan himoyani hozirgi "Monako" zabt etadimi, degan savolga bugun tunda javob olamiz.

Bu jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar soladigan bo'lsak, katta ustunlik "Monako" tarafida ekanligini ko'ramiz.
O'tkazilgan 50 uchrashuvdan 32tasida "Monako" g'alaba qozongan bo'lsa, bor-yo'g'i 4tagina o'yinda "Monpele" g'alaba nashidasini surgan. Qolgan 14 bahsda esa g'olib nomi aniqlanmagan.



Franciya chempionati, 8-tur.

"Monako" - "Monpele" (23:45)
"Stad de Luis II" stadioni.
Bosh hakam
: Toni CHapron (Franciya)



La Ligada 7-turni "Selta" hamda "Jirona" o'rtasidagi uchrashuv ochib beradi.

Turnir jadvalining ikkinchi qismidan o'rin olgan jamoalar to'qnashuvida favorit nomi aniq. Mezbonlar bu bellashuvda katta ehtimol bilan La Liganing yangi jamoasidan 3 ochko olishadi.

Joriy mavsumda "Selta" o'z uyidagi uchrashuvda faqatgina bitta "Real Sosedad"ga yutqazdi.
"Jirona" esa hozircha safardagi uchrashuvlarda birorta ham gol urgani yo'q. Jamoa so'nggi bor 26 avgustda o'z uyidagi uchrashuvda raqiblar darvozasini ishg'ol etgandi.
Bu jamoalar Ispaniya quyi ligasida umumiy hisobda o'zaro 4 marotaba to'qnash kelishgan. ikkita o'yinda "Selta", bitta bahsda "Jirona" g'alaba qozongan va yana bir uchrashuvda durang qayd etilgan.


La Liga, 7-tur.

"Selta" - "Jirona" (00:00)
"Eshtadio Munikipal de Balaydos" stadioni.
Bosh hakam
: Pablo Gonzalez.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика