So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  4 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Kuchli-beshlik: Barcha etibor Lion shahridagi markaziy o'yinga qaratiladi Yangiliklar

Kuchli-beshlik: Barcha etibor Lion shahridagi markaziy o'yinga qaratiladi

Bugun Evropa kuchli-beshligiga kiruvchi Germaniya va Franciya chempionatlarida tur o'yinlari start oladi.

Kunning markaziy uchrashuvi shubhasiz Liondagi "Stad de Lumieresh" stadionida bo'lib o'tadi. Bruno Jenezio boshchiligidagi "Lion" jamoasi o'z uyida turnir etakchilaridan biri "Monako"ni mehmon qiladi.

Ayni paytda "Lion" turnir jadvalida o'ziga xos bo'lmagan 8-o'rinda bormoqda. SHu boisdan ham jamoa o'z maydonida o'tadigan jiddiy raqibga qarshi bahsda faqat g'alabani ko'zlab tushishdan boshqa chorasi yo'q.

Jamoa o'z uyidagi joriy mavsumdagi o'tkazilgan 6 uchrashuvdan 3tasida g'alaba va yana shunchasida durang qayd etgan. Hozircha o'z uyida mag'lubiyatga uchramayotgan "Lion" uchun "Monako" to'sig'i ancha jiddiy qarshilik taqdim etadi.

"Monako" esa peshqadam PSJni quvishda davom etmoqda. Jardim jamoasi o'tgan yili Lion safaridan 3 ochko bilan qaytishni uddasidan chiqqandi. Bu yili esa bu ishni yana takrorlash ularni qo'llaridan keladimi? Bu savolga ushbu o'yin orqali javob olamiz.

Franciya chempionati, 9-tur.

"Lion" - "Monako" (23:45)

"Stad de Lumeyresh" stadioni.

Bosh hakam: Benoit Bastien.



SHuningdek, bugun Germaniya Bundesligasida ham tur uchrashuvlari boshlanadi. Turni "SHtutgart" hamda "Kyoln" jamoalari o'rtasidagi bahs ochib beradi.

Xannes Volf boshchiligidagi "SHtutgart" mavsumni ancha ko'tarinki ruhda boshlagandi. Ammo oxirgi o'yinlarda jamoaning natijalari pasaydi va turnir jadvalida ham anchagina pastga shung'idi. Ammo "SHtutgart" jamoasi joriy mavsumda hali o'z uyida mag'lubiyatga uchragani yo'q. "Kyoln" esa Peter SHtoger boshchiligida yangi mavsumni juda bo'sh o'tkazmoqda. Jamoa faqatgina 6-turga kelib o'zining dastlabki ochkosini qo'lga kiritgandi. Turnir jadvalining eng oxirgi pog'onasida borayotgan "Kyoln" va SHtoger uchun "SHtutgart"ga qarshi bahs juda ahamiyatli.

Mavsumni juda muvaffaqiyatsiz o'tkazayotgan "Kyoln" uchun buyog'idagi barcha o'yinlar deyarli finalga teng bo'ladi.

SHu nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo'lsak, "SHtutgart"ga "Kyoln" anchagina xavf tug'dirishi aniq.

Germaniya Bundesligasi, 8-tur.

"SHtutgart" - "Kyoln" (23:30)

"Mersedec-Benc Arena" stadioni.

Bosh hakam: Benjamin Kortus.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика