So’nggi yangiliklar

07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  0 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  32 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  7 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  5 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3

Kubok FINALI oldidagi noqulayliklar Yangiliklar

Kubok FINALI oldidagi noqulayliklar

Nima sababdan O'zbekiston Kubogining finali 17 oktyabrga ko'chirilgani hamon tushunarsiz bo'lib turibdi.

Terma jamoa manfaati yo'lida desak, finalda na "Paxtakor", na "Lokomotiv" bor. Ha, mayli, bu boshqa masala. Lekin OAV uchun finalning ko'chirilishi turli noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani ayni haqiqat. 

Ayniqsa, o'yinni Toshkentdan tashqarida o'tkazishni reja qilgan tashkilot rejasini puxta pishitmaganligiga guvoh bo'lyapmiz. Kubok final o'z nomi bilan final. Kubok oldi barchaning etibori mazkur o'yinga qaratilishi kerak. O'yin oldi rasmiy mashg'ulotlar, matbuot anjumani. Stadionning tayyorgarligini kuzatish, muxlislar bilan muloqot. Xullas, bu PFLning mahsuloti va uni ommaga eng yaxshi sifatda ko'rsatib berish kerak. Lekin...

Har bir musobaqa finali oldidan, yani bir kun avval rasmiy mashg'ulot o'yin bo'lib o'tadigan stadionda bo'lib o'tadi. Unga qadar ikki jamoa o'rtasida matbuot anjumani o'tkaziladi. Unda OAVning barcha vakillari imkon qadar ishtirok etishga harakat qiladilar. O'tgan yilgi final Olmaliqda bo'lganligi uchun bu borada muammo bo'lmadi. Bir kun avval Toshkentda o'tkazilgan matubot anjumanidan so'ng ertasiga Olmaliq tomon yo'lga chiqdik. O'yin oldi rasmiy mashg'ulotlari final stadionida bo'lmadi. Bu yilgi finalning vaqti o'zgarishi OAVga turli tomon qiyinchiliklarni keltirib chiqaryapti. 

Avvalo, o'yin oldi rasmiy mashg'ulot va matubot anjumani o'tkazilishi kerak bo'lgan 16 oktyabr sanasida O'zbekiston chempionatining 25-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. OAV tur o'yinlariga boradimi yoki Jizzaxdagi matbuot anjumani va rasmiy mashg'ulotgami? Hozircha matbuot anjumani qaerda bo'lishi aniq emas. Toshkentda bo'lishi esa noto'g'ri bo'ladi. Agar shunday bo'lsa, unda Jizzax faqat o'yin kuni mezbon degan nomni oladi xolos, musobaqa finaliga emas. Final mezboni deganda atrofdagi finalga oid voqealar ham kirishi kerak. "Nasaf" Jizzaxga 15 oktyabr, "Bunyodkor" esa bir kun avval etib kelishi haqida xabar berdi. Balki, Baxtiyor Boboev yo'l yo'lakay Toshkentda bo'lib o'tadigan matbuot anjumaniga kirib ketishi mumkin, lekin 4ta savolga javob berish uchun Ro'ziqul Berdievni Qarshidan Toshkentga kelishi to'g'ri bo'lmaydi. Yana bir bor eslatib o'tamiz, shu kuni oliy liganing tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Aksar OAV vakillari klublarda faoliyat olib borishlarini yodga olsak, bu qanday matbuot anjumani bo'ladi?

Bu hali hammasi emas. "So'g'diyona" katta klub emaski, unda o'nlab mutaxassislar ishlasa. Final oldi jamoa Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushadi. Tabiiyki, klub vakillari Toshkentda bo'ladilar. Bunday vaziyatda o'yin oldi tadbirlarga kim masul bo'ladi? Jizzaxga yilda ikki marotaba kelib ketadigan mutaxassislarmi? 

Eng qizig'iga endi kelyapmiz. Kubok finali bo'lib o'tadigan sanada O'zbekiston stadionlarida birinchi liganing ikkinchi bosqich 12-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. SHu kuni quyidagi jamoalar o'zaro bahs olib boradilar. Qizig'i shundaki, Jizzaxning ikkinchi jamoasi bo'lgan "Zomin" shu kuni o'z maydonida "Paxtakor-2" klubiga qarshi bahs olib boradi. Zominlik muxlislar kutgan final shumi?


17 oktyabr

"Zomin" - "Paxtakor-2"

"Obod" - "O'z-Dong-Ju"

"Xorazm" - "Yozyovon-Lochinlar"

"Mashal-2" - "Cementchi"

"G'ijduvon"  - "Xotira-79"

"Orol"  - "Kosonsoy"

"Nasaf-2" - "Oqtepa"

"Lokomotiv-BFK" - "NBU-Osiyo"


Guvohi bo'lganingizdek, kubok finalining sanasini o'zgartirishda PFL jiddiy xatoga yo'l qo'ydi. Final shunchaki o'tadigan o'yin emas. Unda OCHL yo'llanmasi o'ynaladi va u muxlislarning diqqat markazida turishi kerak. Bu yilgi final esa nomiga o'tadigan ko'rinadi.

"So'g'diyona" stadioni hali to'liq topshirilmaganligini inobatga olsak, stadionda media tribuna hozircha yo'q. Bo'lsa ham jihozlar bilan taminlanmagan. Jihoz deganda, kamida 10 nafar OAV vakiliga mo'ljallangan stol-stullar, elektr quvvati va internet. Bu narsani-ku, jizzaxliklar do'ndirishlari mumkin. Arzimagan jihozlarni o'rnatish ortiqcha haq talab etmaydi. Lekin matbuot anjumani, o'yin oldi mashg'ulotlar-chi?

Xorij musobaqalariga yoki biron bir kichik turnirlarga borar ekansiz, tashkilot sizga transport va mehmonxonalarni taqdim etadi. Tekinga emas, lekin OAVga qulaylik. 2014 yil finalida "Olmaliq" klubi o'zining shaxsiy avtobusini Toshkent - Olmaliq - Toshkent yo'nalishida OAV ixtiyoriga topshirgan edi. Bu safar ham shunday qulaylik bo'ladimi yo'qmi hozircha hech gap yo'q. Ammo 2014 yili biz bir oy avval sharoitimiz haqida xabarga ega edik.


So'nggi yillarda kubok finali shukuhini ko'rmayotgan paytimizda, qo'shnimiz Afg'onistonda 2014 yil bo'lib o'tgan final lavhasini etiboringizga taqdim etamiz.




Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика