So’nggi yangiliklar

11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  5 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  4 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0

Kubok finali nima uchun ko'chirildi? Yangiliklar

Kubok finali nima uchun ko'chirildi?

Bugun PFL rasmiy saytida bu yilgi O'zbekiston kubogining final uchrashuvi boshqa kunga ko'chirilgani haqida xabar chiqdi.


Unga ko'ra, Kubokning hal qiluvchi bellashuvi taqvimda belgilab qo'yilganidek 24 noyabrda emas, balki 17 oktyabrda, bo'lib ham Jizzax shahrida o'tkaziladi.

Kubok finaliga chiqqan jamoalar - "Nasaf" va "Bunyodkor" o'rtasidagi bahsning boshqa kunga qo'yilishi haqida yaqin bir hafta ichida gap-so'zlar ko'paydi. Avvaliga 13 oktyabrda bo'ladi degan gap chiqdi, keyin esa bu borada rasmiy malumot chop etilib final 17 oktyabrda o'tkaziladigan bo'ldi.

Bu bir tomondan yaxshi albatta, chunki 24 noyabrga kelib ob-havo qanday bo'ladi, bunisini endi bilmaymiz. Balki sovuq tushib, qor yog'ib qolishi mumkin. 17 oktyabrda hartugul issiq bo'lsa kerak. Lekin meni boshqa narsa o'ylantiryapti. Taqvimga ko'ra, 8 oktyabr kuni milliy terma jamoamiz safarda Bahraynga qarshi maydonga tushadi (JCH-2018 saralash bosqichi). 13 oktyabr esa FIFA kuni deb yozilgan va katta ehtimol bilan terma jamoamiz shu kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazsa kerak. Bundan tashqari, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan olimpiya terma jamoamiz ham birorta xalqaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi mumkin.



Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, Kubok finali o'zgargani munosabati bilan 16 oktyabrdan 12 oktyabrga ko'chirilgan "Nasaf" - "Neftchi" hamda "Dinamo" - "Bunyodkor" uchrashuvlarida har to'rttala jamoa o'zining asosiy tarkibi bilan o'ynay oladimi degan savol tug'iladi. "Nasaf" tarkibida katta ehtimol bilan Artur Gevorkyan maydonga tusha olmaydi. CHunki u 8-13 oktyabr kunlari Turkmaniston milliy terma jamoasi ixtiyorida bo'ladi. Agar olimpiya terma jamoamizning ham o'rtoqlik o'yini tashkil qilinadigan bo'lsa, unda "Bunyodkor"ning besh-olti futbolchisisiz o'ynashiga to'g'ri keladi.

Xo'sh, bu o'rinda qanday variant qolyapti? Asosan ikki xil variant yuzaga keladi. Birinchisi, milliy va olimpiya terma jamoamiz FIFA kuni (13 oktyabr)dan foydalanmasdan, 8 oktyabr kungi Bahrayn bilan o'yindan so'ng futbolchilarga javob berib yuboriladi. Yoki bo'lmasa o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi-yu, biroq bu o'yinda "Nasaf", "Neftchi" va "Bunyodkor"dan futbolchilar chaqirilmaydi. CHunki ular ham 12 oktyabr kuni 25-tur uchrashuvini to'liq tarkib bilan o'tkazish taraddudida bo'lishadi.



Terma jamoalar markazi Asqar Tolibjonovning "Interfutbol" gazetasiga bergan intervyusiga ko'ra, bundan keyin har bir FIFA kunidan unumli foydalanamiz, o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilamiz deyilgan. Ammo Kubok finalining boshqa sanaga ko'chirilgani bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. PFL saytida O'zbekiston milliy hamda olimpiya terma jamoalarining tayyorgarligini muvaffaqiyatli tashkil etish maqsadida O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi sanasi o'zgartirildi deyilgan. Bundan ko'rinib turibdiki,tayyorgarlikni muvaffaqiyatli tarzda o'tkazish uchun avvalo o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etish, keyin esa to'liq optimal tarkibni yig'ish kerak bo'ladi. Ammo o'sha paytga kelib Markaz qanday yo'l tutadi-yu, klublar bunga qanaqa munosabatda bo'lishadi? Ajab emas, ushbu mavzu ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lsa...

X.Xoliqov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика