So’nggi yangiliklar

20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  3 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  3 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  9 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7

Kubok finali haqida 11 fakt Yangiliklar

Kubok finali haqida 11 fakt

Futbol bo'yicha mamlakat kubogining final uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Paxtakor

Odiljon Hamrobekov - 28'

O'zbekiston kubogi. 3-tur

04/12/2021, 16:00

2
:
1
Tugadi

Nasaf

Bahrom Abdurahimov - 38', G'olib G'aybullaev - 75'

45'
90'
24'  SHahzod Azmiddinov
28'  Odiljon Hamrobekov
28'  Farrux Sayfiev
45'  Odiljon Hamrobekov
46'  SHahzod Azmiddinov (Marlen CHobanov)
68'  Abbosbek Fayzullayev (Boyan Matich)
80'  Sardor Sobirxo’jayev (Abror Ismoilov)
80'  Dostonbek Hamdamov (Azizbek Turg’unboyev)
83'  Marlen CHobanov
90'  SHerzod Temirov (Diyor Xolmatov)
34'  Oybek Bozorov
38'  Bahrom Abdurahimov
38'  SHerzod Nasrullaev
60'  Bahrom Abdurahimov (SHahzod Akramov)
60'  Abubakrrizo Turdaliev (Murodbek Rahmatov)
61'  SHahzod Akramov
75'  G'olib G'aybullaev
75'  Sukhrob Nurulloyev
78'  Sukhrob Nurulloyev (Alibek Davronov)
78'  Husayin Norchaev (SHohmalik Komilov)
90'  Umidzhon Ergashev

1 soatdan ko'proq vaqt mobaynida bir kishi kam bo'lib qolgan "Nasaf" poytaxtning "Paxtakor" klubi ustidan zafar quchdi (2:1).  Mazkur uchrashuvga taalluqli qiziq faktlarni keltiramiz.

1. "Nasaf" o'z tarixida 2-bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi (birinchisi 2015 yil). Buning uchun "ajdarlar"ga 7 ta final kerak bo'ldi.

2. "Paxtakor" kubok finallarida o'ynash bo'yicha o'z rekordini yangiladi (17). "SHerlar" musobaqada zafar quchish bo'yicha ham mutlaq etakchi (13). 

3. "Dinamo" stadioni 3-bor kubok finaliga mezbonlik qildi (1992 — "Navbahor", 2016 — "Lokomotiv", 2021 yilda "Nasaf"ning g'alabasi qayd etildi).

4. Bugungi raqiblar kubok finalida 3-bor to'qnash kelishdi. Oldingi 2 o'yinda (2003, 2011) poytaxt jamoasining qo'li baland kelgan edi.

5. Ro'ziqul Berdiev nihoyat Piter Xyuistrani mag'lub qildi. Buning uchun "Nasaf" ustoziga 4 ta o'yin kerak bo'ldi. Oldingi 3 ta bahsning barchasida niderlandiyalik mutaxassis zafar quchgan edi.

6. Ahrol Risqullaev kubok finalida ishlagan 17, cho'ntagidan qizil kartochkani chiqarishga jazm etgan 9-referiga aylandi.

7. Oybek Bozorov kubok finalida maydondan chetlatilgan "Nasaf" tarixidagi 1-o'yinchi. 

8. "Paxtakor" bu yil Odil Hamrobekov gol urgan o'yinlarda mag'lubiyatga uchradi (2 o'yin).

9. Bahrom Abdurahimov gol urgan oxirgi 15 ta o'yinda uning jamoalari yutqazmayapti. Bunaqasi so'nggi bor 2017 yilning 4 iyulida sodir bo'lgan edi ("Bunyodkor" 3:2 "Nasaf"). 

10. G'olib G'aybullaev gol urgan so'nggi 4 o'yinning barchasi "ajdarlar"ning g'alabasi bilan tugadi.

11. "Nasaf" oxirgi 3 o'yinning barchasida 1 kishi kam bo'lib qoldi (AGMK bilan o'yinda Stanoevich, "Loko"ga qarshi bahsda Jo'rabek Mannonov maydondan chetlatilgandi).

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" "Neftchi"ga etib oldi

Muallif :
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика