Kuarejma faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin
12 iyu 2019 00:40
Yangiliklar


Kuarejma faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin
Beshiktosh yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma faoliyatini Vetnamning Xanoy klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar qiladi Fox Sport Asia.
Manbaga ko'ra, futbolchining agenti mijozining xizmatlarini Osiyo jamoasiga taklif etgan.
Kuarejmaning turkiyaliklar bilan yana bir yillik kelishuvi bo'lsa ham shartnoma bandlariga binoan u jamoani muddatidan oldin tarki etishi ham mumkinligi aytilmoqda. «Xanoy» klubi mamlakat chempionatining amaldagi titul sohibi hisoblanadi.
35 yoshli portugaliyalik xavbek o'tgan mavsum «qora burgutlar» safida 34 o'yinda maydonga tushib, 4+14 natijani o'z hisobiga yozib qo'ygandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar