Kuarejma faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
09 jan 2020 01:31
Yangiliklar


Kuarejma faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin
"Qosimposho" klubi yarim himoyachisi Rikardu Kuarejma "Santos"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Portugaliyalik futbolchining turk klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida yakunlanadi. Malumotlarga qaraganda, Kuarejma varianti "Santos" klubi bosh murabbiyi Xesualdo Ferreyraning shaxsiy tashabbusi bo'lgan. Braziliya klubi yarim himoyachini qishda o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda.
Malumot uchun, Kuarejma Turkiya chempionatining joriy mavsumida 13 uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar