Kruze: "Muxlislarsiz Bundesligani tomosha qilish zerikarli"
20 may 2020 02:35
Yangiliklar


Kruze: "Muxlislarsiz Bundesligani tomosha qilish zerikarli"
Bundesliganing bir qator klublarida o'ynashga ulgurgan, ayni paytda "Fenerbahche"da to'p tepayotgan Maks Kruze Germaniya chempionatining tomoshabinlarsiz o'tkazilayotganidan mantiq topolmayapti.
"Muxlislarsiz o'ynash juda zerikarli. Ishqibozlar — futbolning bir bo'lagi. Nega chempionat to'xtatilib, o'yinlar avgustda tomoshabinlar bilan davom ettirilmayapti?
Zahira o'rindig'idagi o'yinchilar niqob taqishadi va 2 metr oraliq masofani saqlab o'tirishadi. Ular niqobda qizib ketishadi, keyin maydonga tushish uchun niqoblarni echishadi. Aytingchi, shundan keyin ularga infekciya yuqmaydimi yoki men biror narsaga tushunmayapmanmi?", — dedi 32 yoshli nemis futbolchisi.
Avvalroq iyun oyida tiklanadigan Turkiya Superligasi bahslarida tomoshabinlar tashrifining cheklanmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar