Kruiff: "Messi pul uchun "Barselona"ni tark etmaydi"
25 noy 2014 12:45
Yangiliklar


Kruiff: "Messi pul uchun "Barselona"ni tark etmaydi"
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Yoxan Kruiff jamoa hujumchisi Lionel Messi pul uchun o'z klubini tark etishiga ishonmaydi.
"Messi uchun 200 mln evro to'laydigan klublar bor. Ammo u "Barselona"ni pul uchun tark etmaydi, unda bu borada muammolar yo'q. Leo "Barselona"dan faqat sportga oid bo'lmagan sabablar tufayli ketadi. Uni xar uch-to'rt yilda moliya vazirligi tekshirib turadi. Messi "Barselona"da baxtli. Bazida sizni havotirga solmaydigan, ammo joningizga tegadigan narsalar bo'ladi. Menimcha, Messida klub bilan ichki muammolari bor va biz buni bilmaymiz" - deydi Kruiff.

Fikrlar