Kroos uchinchi marta ota bo'ldi
26 mar 2019 23:15
Yangiliklar


Kroos uchinchi marta ota bo'ldi
Madridning "Real" va Germaniya terma jamoasi azosi Toni Kroos uchinchi bor ota bo'ldi.
Uning ayoli Jessika Farber oilasidagi uchinchi farzandni dunyoga keltirdi. CHaqaloqning jinsi oshkor etilmagan. "Hayot go'zal", — deya Toni Kroos ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi tug'ilgan farzandi bilan tushgan ilk rasmini namoyish etdi.
Kroos va Farber 2015 yilda turmush qurishgan. Nemis futbolchining rafiqasi Farber hozirda 5 yoshli Leon hamda 2 yoshli qiz farzandi Amelini voyaga etkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, Toni Kroos 2015 yildan beri jiddiy salomatlik muammolariga chalingan bolalarga yordam beradigan hayriya fondini boshqarib kelyapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar