Kroos: "SHunday o'yinlar bizga ishtiyoq beradi"
24 iyu 2023 20:31
Yangiliklar
Kroos: "SHunday o'yinlar bizga ishtiyoq beradi"
"So'nggi yillar davomida ko'plab muhim o'yinlarda qatnashganim sababli yana va yana shunday bahslarda ishtirok qilgim kelyapti. SHunday o'yinlar uchun faoliyatimni yakunlamaslikni istayman. Bilmadim, hali holat qanday bo'larkin. Ammo hozir ham menda 10-15 yil oldingi doim sovrin yutish ishtiyoqi bor. Hali bundan charchaganim yo'q.
Haligacha mag'lub bo'lishdan jahlim chiqadi. Lekin bu hissiyotlarni ham his qilib turish kerak. Men hali ham futboldan zavq olyapman. Bu esa menga yoqmoqda. Bosimlar menga katta rohat bag'ishlaydi. Men 7-8-o'rinlar uchun o'ynaydigan, g'alabalar kelmasa ham oddiy kayfiyatda bo'ladigan futbolchi emasman", - dedi futbolchi "AS" nashriga.
Eslatib o'tamiz, Kross yaqindagina "Real" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Суперлига. Голи инобатга олинмаган ва бир киши кам қолган "Пахтакор" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотганига қарамай, мавсумни иккинчи ўринда якунлади
Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" меҳмонда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаев гол урди!
Fikrlar