Kroos: "Hatto qolgan barcha o'yinlardagi g'alabalar ham bizga titulni kafolatlamaydi"
15 fev 2021 09:45
Yangiliklar


Kroos: "Hatto qolgan barcha o'yinlardagi g'alabalar ham bizga titulni kafolatlamaydi"
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos La Liga doirasidagi "Valensiya" (2:0)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Albatta, menga gollar urish yoqadi. Siz mening maydonda boshqa vazifalarim borligini bilishingiz kerak, ammo gollar hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Biz har o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak - bu bizning maqsadimiz.
Titul uchun imkoniyatlar? Hatto qolgan barcha o'yinlardagi g'alabalar ham bizga titulni kafolatlamaydi. Biz La Ligadagi g'alaba uchun imkoniyatni saqlab qolish uchun ko'p xato qila olmaymiz.
Jarohatlar? Biz bundan xavotirdamiz, sababi bizga etishmayotgan muhim o'yinchilarimizni yo'qotmoqdamiz", - deydi Kroos.
Eslatib o'tamiz, etakchi "Atletiko" "Real"dan 5 ochko oldinda, ammo "matraschilar"da 2ta zaxira o'yini mavjud.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar