Kristof Daum Ruminiya terma jamoasini tark etdi
14 sen 2017 22:20
Yangiliklar
Kristof Daum Ruminiya terma jamoasini tark etdi
Germaniyalik mutaxassis Kristof Daum Ruminiya termasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etdi, deya xabar bermoqda Deutsche Welle nashri.
63 yoshli mutaxassis va Ruminiya futbol federaciyasi o'rtasida tuzilgan bitim o'z nihoyasiga etdi.
Daum 2016 yilning yozida ruminlar termasi boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. JCH-2018 saralash bahslarida uning qo'l ostida jamoa jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.
Terma jamoa ruliga asosiy nomzod sifatida “CHFR Kluj” klubini boshqarayotgan Dan Petresku ko'rilmoqda.
Fikrlar