So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Kristian Eriksen A Seriya yangi mavsumi bosh qaxramonlaridan biri bo'ladi-mi!? Yangiliklar

Kristian Eriksen A Seriya yangi mavsumi bosh qaxramonlaridan biri bo'ladi-mi!?

Bir necha kun avval amaldagi chempion "Inter" o'ziga yangi bosh murabbiy topdi.

Xabaringiz bor, Antonio Konte rahbariyat bilan kelisha olmagach, jamoani tark etdi va "Inter"ni yangi mavsumga Simone Inzagi tayyorlaydigan bo'ldi. 

Avvalgi mavsumni "Lacio"da o'tkazgan Inzagidan Milanda ham ko'p narsa kutishmoqda. Jumladan, o'z o'yinini ko'rsata olmayotgan bazi futbolchilarning avvalgi darajasiga qaytishini.  

Avvalroq OAVda Eriksen "Inter"ga o'tib xato qilgani va Konte sistemasida unga joy yo'qligi haqida bir necha bor yozishdi. Bu masalada kichik detallar ko'p, ammo asosiysi taktik jihatdan murabbiy qarashlari va futbolchi imkoniyatlari to'g'ri kelmasligi edi: Konte qo'l ostida futbolchining har bir harakati hisobga olingan va erkin ijodkorlikka deyarli o'rin yo'q, Eriksen esa aksincha, to'pga intiladi va qolganlarning o'yinini ham o'z fikrlariga bog'lab oladi. Biri erkinlikni xush ko'radi, ikkinchisi esa maksimal ravishda buni cheklaydi. O'zaro muvaffaqiyatga erishishning imkoni yo'q edi.


Inzagi bungacha daniyalik tipidagi futbolchi bilan ishlab ulgurgan. Luis Alberto ham kamroq mehnat qilar va ko'proq ijod qilardi, muntazam ravishda to'pni izlar hamda umumiy ritmdan tushib qolardi, majburan jamoa tizimiga moslashganda esa – erkinlik yo'qligi va imkoniyatlarini to'liq namoyish qila olmasligidan aziyat chekardi. Inzagi uning ustunliklarini jamoaviy o'yinga singdira oldi. Alberto besh yil davomida bir nechta nuqtada to'p tepdi, lekin bugungi – "sakkizlik" nuqtasiga berkingan pleymeyker rolida ayniqsa "ochildi". U "Lacio" miyyasiga aylandi va o'yinning barcha aspektlariga javob beradi – himoyadan chiqish, hujumni boshqarishdan - jarima maydoniga yorib kirishgacha. Bu borada Luis o'tgan mavsum klassik TOP  "o'nliklar" bilan statistik ko'rsatkichlar bo'yicha tenglashib oldi.

Eriksen ham ritmmeyker rolini ispaniyalik hamkasbichalik qoyillatishi hozircha javobi yo'q savol bo'lsada, jamoaga Inzagi kelganidan futbolchi yutgani aniq. Simone ligada ixtiyorida bor futbolchilar imkoniyatlaridan kelib chiqib rol tanlashda qolganlardan ancha ustunligini ko'rsatib ulgurgan. Besh yil davomida u ko'plab futbolchilarning iqtidorini kashf/qayta kashf qildi. Daniyalik bilan esa qiyinchiliklar kamroq bo'lsa ajab emas. Eriksenning nimalarga qodirligini butun dunyo ko'rib ulgurgan. 


SHunday ekan, yangi mavsumda Eriksen "Inter"ning yangi etakchisi yoki hech bo'lmaganda etakchilardan biriga aylansa ajablanmang.


Nozima Zaripova tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика