So’nggi yangiliklar

08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  2 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  3 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  6 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  19 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  0 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  2 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  4 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  4 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  9 20:15"Челси" А Сериядаги дарвозабон бўйича ишни бошлади  4 19:39Пенальтидаги “иккинчи тегиниш” қоидасига ўзгартиш киритилди   16 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияда машғулотларни давом эттирмоқда  3

Kristian Benteke: “Liverpul”dagi mavsumni boy berilgan deb hisoblamayman” Yangiliklar

Kristian Benteke: “Liverpul”dagi mavsumni boy berilgan deb hisoblamayman”

Avvalgi mavsumda 32,5 million funt evaziga “Liverpul”ga kelib qo'shilgan Kristian Benteke murabbiy almashgandan keyin asosiy tarkibdagi o'rnini boy berdi va Yurgen Kloppning rejalaridan o'rin olmadi.


Yozda belgiyalik hujumchi “Kristal Pelas”ga ko'chib o'tib, yangi jamoasi uchun gol urish hamda g'alaba keltirishni boshlab yubordi. Benteke “Daily Mail” gazetasi muxbiri bilan suhbatda mersisaydliklar safida o'yini qovushib ketmagani haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

Benteke “Enfild Roud”ga Brendan Rojers davrida xarid qilingandi. Ammo shotlandiyalik mutaxassis belgiyalik futbolchining kelganiga uch oy bo'lganda klub tomonidan ishdan bo'shatildi. Keyin esa germaniyalik Yurgen Klopp boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ishonch bildirildi. “Liverpul”ga Klopp kelgandan keyin Benteke o'zini asosiy tarkib uchun muvaffaqiyatsiz kurash olib borgan deb hisoblaydi. Bunday holatga duch kelgach, u noroziligini matbuotda oshkor qilib o'tirmadi. Joriy yozda esa u “Pelas”ga 32 million funt evaziga sotib yuborildi. London klubi uchun Benteke eng qimmat futbolchiga aylandi. Alan Pardyu hujumchini jamoasiga o'tishga ko'ndira oldi. Mutaxassis Benketega asosiy tarkibdan joy vada qildi.

- “Liverpul”dan “Pelas”ga o'tish faolitingizda ortga tashlangan qadam sanalmaydimi?

- “Kristal Pelas”ga o'tish men uchun ajoyib qadam bo'ldi. Ha, oldingi klubim singari oldiga katta maqsad qo'ygan jamoaga o'tmagandirman, lekin bu erda har dam olish kuni maydonga tushish imkoniyatiga egaman. Orzum haligacha katta klub safida o'ynash va Evrokuboklarda ishtirok etish bo'lib qolmoqda. SHu bilan birga “Pelas”ga shunchaki bir mavsum o'ynash va shundan keyin boshqa klub tarkibiga o'tish uchun kelmaganman.

- Nega aynan londonliklarni tanladingiz?

- “Kristal Pelas”transferim uchun yagona variant emasdi. Boshqa jamoaga o'tib, ko'proq pul ishlashim ham mumkin edi. Hozir 25 yoshdaman. Bu futbolchi uchun qiyin va burilish nuqtasi hisoblanadi. Ayni paytda menga ishonchni his qilish va etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lish muhim sanaladi.

- Joriy mavsumdan nimalarni kutyapsiz?

- Bu yil nimalarga qodirligimni ko'rsatishni xohlayman. Alan Pardyu bilan suhbatlashdik va “Liverpul”da kam o'ynagan bo'lishimga qaramay, mavsumga tayyorgarlik davrida jismonan juda yaxshi shug'ullandim va uchrashuvlarga har tomonlama tayyorman.

- O'tgan yili “Liverpul”ga o'tishingizni xato bo'lgan qaror deb atash mumkinmi?

- Bu klub safiga o'tishni xato deb hisoblamayman. Jamoaga kelganimda murabbiy boshqa edi, u bilan hammasi boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi. Kloppning taktik sxemasiga mos kelmadim va ruhan bu juda qiyinchilik tug'dirdi. Lekin men bahona qidirmayman. Maydonga tushirilgan daqiqalar ichida o'zimni ko'rsatish imkoniyati yuzaga kelgandi. Biroq men ishonchni oqlolmadim.

- Yuzaga kelgan vaziyatni o'zgartirish imkoniyati bormidi?

- “Liverpul”– katta klub va murabbiy ortidan ofisga borib, eshik qoqib ko'proq vaqt o'ynashni so'ray olmaysan. Katta odamman va holatdan chiqib ketishim lozim edi. Kloppda malum tizim bor, bu u jamoaga kelgunga qadar ishlab chiqib bo'lingan. Unga mos kelmadim. Bunday vaziyat professional futbolchilar faoliyatida yuz berib turadi. “Liverpul”da o'tkazgan vaqtimdan afsuslanmayman.

Benteke nafaqat klub, balki terma jamoada ham yangi murabbiy bilan ishlashiga to'g'ri keladi. Evro-2016dan keyin Mark Vilmots jamoani tark etdi va uning o'rniga Roberto Martines tayinlandi. Hozircha u Martinesning ishonchini qozonib, termada ham asosiy hujumchilaridan biri o'rnida o'ynashga harakat qilib ko'radi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика