"Kristal Pelas"ga sovrinlar olib bergan murabbiy ishdan ketishini malum qildi
17 jan 10:23
Yangiliklar
"Kristal Pelas"ga sovrinlar olib bergan murabbiy ishdan ketishini malum qildi
Oliver Glasner ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan ketishini malum qildi.
"Bir necha oylar oldin klubga boshqa chaqiruvlar istashimni aytdim", - dedi 51 yoshli murabbiy, klubdan bo'lgan shartnomaga qo'l qo'ymagani sababini tushuntirib.
Asvtriyalik murabbiy 2024 yil fevralidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida "Pelas" Angliya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. U "Ayntraxt" bilan Evropa ligasi sovriniga ham ega chiqqandi.
Ayni damda "Pelas" APLda 21 o'yinda 28 ochko to'plagan holda 13-o'rinni egallab turibdi.
Oldinroq Glasnerga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Ла Лига. "Осасуна" ўз майдонида "Реал Мадрид"ни мағлуб этди
Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди
Андижон вилояти ҳокими: "Андижон” бу йили энг камида учталикка киради"
Fikrlar