"Kristal Pelas" "CHelsi" o'yinchisini ijaraga oldi
31 iyu 2021 13:30
Yangiliklar
"Kristal Pelas" "CHelsi" o'yinchisini ijaraga oldi
"Kristal Pelas" rasmiy sayti "CHelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxer ijaraga olinganini elon qildi.
21 yoshli angliyalik futbolchi kelasi mavsumni London klubida ijara asosida o'tkazadi.
Gallaxer o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida "Vest Bromvich Albion" jamoasida o'ynagandi.
Futbolchi jamoa tarkibida chempionatda 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar