Krishtianu Ronaldu: "Vatanimga sodiqman"
11 dek 2022 20:30
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu: "Vatanimga sodiqman"
Portugaliyaliklar Marokashga mag'lub (0:1) bo'lib, turnirni tark etishdi.
"Portugaliya uchun jahon chempionatini yutib berish faoliyatimdagi eng asosiy orzuim edi. Ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdim, Portugali bilan olganlarim ham bor. Ammo mamlakatimiz nomini eng katta maqsadim bilan bog'lay olmadim.
Bu uchun kurashdim. 16 yil davomida 5 marta jahon chempionatida ishtirok etdim, buyuk futbolchilar bilan birga to'p tepdim. Borimni berdim. Hech qachon orzuimdan voz kechmaganman.
Afsuski maqsadga erisha olmadim. SHunchaki bilishingizni xohlayman: Ko'plab gaplar aytildi, yozildi, provokaciyalar bo'ldi, ammo Portugaliyaga bo'lgan sodiqligim bir soniyaga ham o'zgargani yo'q.
Men jamoa uchun kurashganlardan biri edim. Hech qachon terma jamoa va mamlakatimdan voz kechmayman.
Hozir hech narsa deya olmayman. Rahmat Portugaliya. Rahmat Qatar. Endi vaqt maslahatchiga aylanib, hammaga to'g'ri xulosa chiqarishga yordam berishini kutish kerak" - deb yozdi 37 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.
Fikrlar