Krishtianu Ronaldu seshanba kuni to'rtinchi Oltin butsani qabul qilib oladi
11 okt 2015 17:00
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu seshanba kuni to'rtinchi Oltin butsani qabul qilib oladi
Keyingi hafta boshida Real hujumchisi Krishtianu Ronalduga o'tgan mavsum uchun Oltin butsani topshirishadi.
Marosim seshanba kuni Madridda bo'lib o'tadi. Krishtianu Ronaldu to'rtinchi marta Oltin butsani qabul qilib oladi. U 2008, 2011, 2014 va 2015 yillarda ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.
SHunday qilib, 30 yoshli Portugaliya terma jamoasi sardori 1968 yildan buyon UEFA tasarrufidagi ligalarda ko'p gol urgan futbolchilarga topshirib kelinayotgan sovrinni qo'lga kiritish bo'yicha rekordchiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu o'tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 48ta gol urdi.
Fikrlar