So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  31 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

Krishtianu Ronaldu: “Raul yana 300ta gol urishimga tilak bildirdi” Yangiliklar

Krishtianu Ronaldu: “Raul yana 300ta gol urishimga tilak bildirdi”

Teglar :  RonalduReal
“Malmyo”ga qarshi bellashuvdan keyin Ronaldu yarim yillik tanaffusni buzib, jurnalistlarning o'yin va rekordi haqida savollariga javob qaytardi.


- Rekord bilan tabriklaymiz. Nimalarni his qilyapsiz?

- “Real” libosini ilk bor kiyganimda ushbu rekordni yangilashni mo'ljallamagandim. Lekin oxirgi uchrashuvlarda buni tez orada quvib o'tishimni bildim. Lekin eng muhim narsa jamoa bo'lib qolaveradi.

- Raul sizga nima dedi?

- U menga xabar yubordi va yana 300ta gol urishimga tilak bildirdi. U bu so'zlarni chin yurakdan aytganini bilaman.

- Nega shuncha payt jim yurdingiz?

- Bu mening qarorim edi: qachon xohlasam, shunda gapiraman va klub meni OAV bilan muloqot qilishga majbur qilmadi.

- Klubdan kimdir sizga hurmatsizlik bilan munosabatda bo'ldimi?

- Hozir bunday narsalarni muhokama qilishning vaqti emas. Qachondir kimdir jim turganda nimadir joyida emas deb o'ylashadi. Biroq har kim xohlaganini o'ylayversin.

- Quvonchli lahzangizni bo'lishni istamayman, lekin Pike aytgan gap sizni asabiylashtirmadimi?

- Axmoqona savol.

- Qanday ekanligini bilmayman, biroq buni berish mening vazifam.

- Bilasizmi, nima uchun OAV bilan gaplashmayman? Aqlli insonmisiz? Jurnalist bo'lish uchun aqlli bo'lish lozim. Yomon savollar berishgani uchun OAV bilan muloqotda bo'lmayman. Siz mendan 5 oy avval bo'lib o'tgan narsa haqida so'rayapsiz.

- Biz siz haqingizda ko'plab yaxshi narsalarni yozamiz.

- Ammo bugun jamoa bilan ro'y bergan yaxshi narsalar haqida so'rashmayati. Nega Pike bilan muammo bog'lanishini istaysizlar? Nega bu menga taalluqli bo'lishi kerak?

- Siz ajoyib rekordga erishdingiz va shu sababli mikst zona (jurnalistlar intervyu olishiga mo'ljallangan)ga chiqishga qaror qildingizmi?

- Boshqa o'yinchilar ham gapirishdi – hamisha bir xil futbolchilar javob beravermaydi. Prezident yoki klub rahbariyati nega jim yurganim to'g'risida so'rashmadi. Hamisha jurnalistlarning savollariga javob berganman, biroq bir safar bu holat o'zgardi.

- “Real”da ushbu yozda qolishingizga shubha qilganmidingiz?

- Kelajagim “Real” bilan bog'liq. Bu erda bo'lish menga yoqadi. Jamoa bilan sovrinlar yutib, o'zimni ajoyib his qilishni xohlayman. Avval ham aytganimdek, kelajakda nima bo'lishini bilmaymiz.

- Siz barchasidan qoniqyapsizmi?

- Hamma bilan yaxshi munosabatdaman: prezident, murabbiylar, klub xodimlari. Professional o'yinchiman va munosabatlarim yaxshi.

- Yozda “A Bola”ga bergan intervyuda sizni “Real”dan ketkazishni xohlagan insonlar borligi to'g'risida gapirgandingiz.

- Hech kim kelasi yozda nima bo'lishini bilmaydi. “Real”da sovrinlar yutishga etarli imkoniyat bor va men ularga ega chiqishni istayman. Biroq kelajakda nima kutayotganini bilmayman.

- Derbida “Atletiko”ni ranjitishni istaysizmi?

- “Atletiko”ga qarshi o'yinlar hamisha qiyin kechadi, raqib ajoyib jamoaga ega. O'yinga tayyormiz va yaxshi holatdamiz.

- Endi qaysi rekordni yangilaysiz?

- Yana nimadir qoldimi? (kuladi)

Ronalduning gollariga taalluqli yana bir malumot. O'ng oyog'ida 326, chap oyog'ida 90, boshida 83 to'p kiritgan. 417 golni Krishtianu jarima maydoni ichidan urgan, 84tani esa tashqarisidan. 81 marta penaltidan unumli foydalanib, 45 bor jarima zarbasidan to'p kiritishga erishgan.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика