Krishtianu Ronaldu nogiron qizga libosini sovg'a qildi + FOTO

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2017, 11:56
Kecha Rossiya - Portugaliya uchrashuvidan oldin "Spartak" stadioniga tashrif buyurgan muxlislar ta’sirli vaziyat guvohiga aylanishdi.

Krishtianu Ronaldu maydonga nogironlar aravasidagi 10 yashar qizaloqning qo'lidan tutib chiqib keldi. FIFA tasarrufidagi turnirlarda birinchi marta o'yinchi maydonga jismoniy imkoniyatlari cheklangan bola bilan chiqib keldi deb xabar berdi FIFA rasmiy sayti.

"Men hammasi shunday ajoyib bo'lishini kutmagan edim. Krishtianu Ronaldu esa g'aroyib! U menga o'z libosini sovg'a qildi va omad tilab o'pib qo'ydi. Men tushuntirib bo'lmas hissiyotlarning eng markazida bo'ldim va Rossiyaga muxlislik qildim. Men hech qachon bunday narsani boshdan kechirmagan edim", - dedi baxtli Polina.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fifa.com